Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINING KOMMUNIKATIV



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.3.BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINING KOMMUNIKATIV 
VOSITA SIFATIDAGI RIVOJLANISHI 
 
Mavzuning qisqacha mazmuni: 
1. 
Bog’cha yoshidag bolalar nutqining kommunikativ vosita sifatida 
rivojlanishi 
2. Ta

lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi 
3. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishining o’ziga 
xos xususiyatlari 
4. Tarbiyachi nutqiga 
qo‘yiladigan talablar
 
12.3.1.
Bog’cha yoshidag bolalar nutqining kommunikativ vosita 
sifatida rivojlanishi 
Bog'cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, 
muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola
jumlalarning mazmuni va shaklidagi 
o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik 
davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga 
yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar 
nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-
yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur 
bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog'cha yoshidagi bolaning nutqi 
sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun 
esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi 
lozim bo'ladi. Bog'cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim 
xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at 
boyligining o'sishida 2 muhim tomon - miqdor va sifat tomonlari mavjud. 
Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, 
bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. 
So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini 
o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan 
yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning 
ma'lumotlariga ko'ra 3 yoshga kelib, bola lug'atida 1200 ta so'z mavjud 
bo'ladi, 6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 3000-3500 so'zni o'z ichiga oladi. 


197 
Vaholanki, 40-60 yil oldin o'tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning 
lug'ati 400-600 so'zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 2500-3000 
so'zdan iborat deb ko'rsatilgan edi. 
Situatsion - ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) 
konkret predmetli vaziyat bilan bog'liq. Bu xolat shunda ko'rinadiki, 
bolaning nutqida ot so'z turkumiga oid so'zlar ko'p bo'ladi. Sifat 
turkumidagi so'zlar yoki umuman uchramaydi, yoki bo

yumlarning faqat 
tashqi xususiyatlari: rangi, o'lchami (barcha sifatlarning 96,4%)ni 
ifodalaydi. 98% fe'llar faqatgina konkret predmetli harakatlarga nisbatan 
ishlatiladi. 
Bolalarning nosituativ - bilishga yo'naltirilgan (vaziyatga - situasiyaga 
bog'liq bo'lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar 
haqida axborot olishga bog'liqlikdan ozod bo'ladi. Asta-sekin atrof-
olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so'zlar zahirasi 
kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifat 
turkumiga oid so'zlar (11,25%) va emotsional xususiyatlarni ko'rsatuvchi 
so'zlar (5%) paydo bo'ladi, irodaviy va intellektual harakatlarni 
anglatuvchi fe'l turkumidagi so'zlar (6,24%) vujudga keladi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin