Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.2.2. 
Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
diqqati 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni 
diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topa boshlaydi. Buni biz 
bolalarning (xususan o‘rta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq 
vaqt davomida o‘tira olishlaridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay 


190 
olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan 
ko‘rishimiz mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat MTM 
dagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga ha

bog‘liqdir. 
Shuning uchun ham bolalarning diqqati bir tekisda va bir xil 
darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida 
bo‘lmasligi yoki haddan tashqari erka qilib, tallaytirib yuborilganligi tufayli 
o‘zlarining xatti
-harakatlarini, xulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. 
Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-
tinchib o‘tirolmaydigan, tartibga chaqirilganda gapga quloq solmaydigan 
bo‘ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo‘lgani uchun ular 
hech 
bir narsa ustida qunt bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Diqqatni boshqara 
bilmaslik, ya’ni ma’lum muddat davo
mi
da bir narsaga yo‘naltira olmaslik, 
mashg‘ulotlarda intizom buzishga va boshqalarga xalaqit berishga olib 
keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalarga nisbatan indi-
vidual munosabatda bo‘lishlari (har xil mas’uliyatli topshiriqlar berish va 
hokazo), ularda diqqatning kuchini hamda barqarorlik xususiyatini 
tarbiyalab borishlari zarur. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan 
diqqatning ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqa
tining 
ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali ham juda tor bo‘ladi. Masalan, 
katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqt
da 5-6 narsani (bir-biri bilan 
ma’naviy bog‘lanmagan harflarni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa, 
maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1
-2 
narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o‘rta va katta guruh bolalari 2 ta) 
sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga 
harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3 
yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib
-
sochib olib keladi, bu uning uquvsizligi, bo‘shangligi yoki anqovligidan 
emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la 
olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni 
to‘kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la olmaydi. Shuning uchun bunday 
hollarda bolalarni urishish mumkin emas. 
Diqqat ko‘lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalarning o‘qish faoliyatlari uchun 
zarur. Shuning uchun bolaning maktabgacha yoshidagi davrida barcha 
imkoniyatdardan keng foydalanib, diqqatning bu xususiyatini 
rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Bunda, asosan ekskursiyalar, 
sahnalashtirilgan o‘yinlar, har sohaga doir rasmlar bilan o‘tkaziladigan 
suhbatlar katta rol o‘ynaydi. Maktabdagi ta’lim jarayoni uchun zarur bo‘lgan 
ixtiyoriy diqqat maktabgacha ta’limda didaktik mashg‘ulotlar, hikoyalar 


191 
o‘qib berish davo
mida rivojlantiriladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqati ko‘pincha ular
ning qiziqish 
hamda hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli konsentrlashgan, ya’ni 
bir narsaga qaratilgan bo‘ladi.
Ana shuning uchun bu yoshdagi bolalarda 
diqqatning bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. 
Maktabgacha yosh
dagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining 
zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta
-qayta idrok 
qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, maktabgacha yoshdagi 
bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshitaveradilar. Bu hodisaning 
sababi shundaki, bolalar diqqati
ning ko‘lami hikoyaning syujetini va 
personajlarini birdaniga sig‘dira ol
maydi. Shuning uchun ular hikoya va 
ertaklarni qayta-qayta ayttirib eshitaveradilar. 
Shunday qilib, bolaning maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha 
tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning ixtiyorsiz turi ortiqroq 
rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshida faoliyatlarining va 
xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining izchil tarzda ortib 
borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanilhiga olib keladi. Ma’lumki, 
maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmay
di. 
Shuning uchun maktabgachada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali 
bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini 
rivojlantirishga harakat qilish kerak. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti 
maktabdagi ta’lim jarayonlarida amalga oshiriladi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin