Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Bolalar idrokini shakllantirish omillari



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.1.5. Bolalar idrokini shakllantirish omillari 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsa
larni 
tushuntirishlari o‘ziga xos 
Xarakterga egadir. Ular bunday narsalarni vaqt 
tushunchalari orqali emas, balki qalblarida chuqur iz qoldirgan taassurotlar 
orqali tushuntirishga intiladilar. Masalan, qachonlardir bir bo‘lgan hodisani 
yoki qachonlardir ko‘rgan narsalarini «Hov bir marta bayramda...», «Hov bir 
marta to‘y bo‘lganda...» kabi. Ular xotirala
rida qolgan ayrim hodisalarning 
qaysi yil va qaysi oyga tegishli ekanini aniq vaqt o‘lchovida (vaqt 
tushunchasida) aytib bera olmaydilar. 
Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining vaqtni idrok qilishlarida shu 
narsa ko‘zga tashlanib turadiki, ular bir
-biri bilan tez almashib turadigan 
vaqt o‘lchovlarini qiyinlik bilan o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ular bunday 
vaqt o‘lchovlarini ko‘pincha bir
-biri bilan almashtirib yuboradilar. Masalan, 
ki
chik yoshdagi bog‘cha bolalari: «Kecha bugunmi?» «Bugun ertagami?» 
«Qachon ertaga bo‘ladi?» «Bugun ham kechasi bo‘ladimi?» degan savollarni 
berishlari mumkin. 
Vaqtni to‘g‘ri idrok qilish ham xuddi fazoni idrok qilish ka
bi 
bolalarning amaliy faoliyatlari, ya’ni turmush tajribalari bilan bog‘liqdir. 
Bog‘cha bolalari o‘zlarini
ng har kungi xilma-xil faoliyatlari davomida vaqt 
munosabatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar va sekin
-
asta o‘zlashtirib 
boradilar. Lekin vaqt bolalarga bevosita ko‘rinmaydi. Shuning uchun vaqtni 
to‘g‘ri idrok qilishni bolalarga yoshlikdan boshlab o‘rgat
ish kerak. Bolalar 
eng sodda, ya’ni bo‘linmaydigan vaqt o‘lchovlarini osonroq o‘zlashtiradilar. 
Bunday sodda o‘lchovlardan «hozir», «oldin», «keyin» kabi tushunchalarni 
ko‘rsatish mumkin. Shundan so‘ng bir qadar murakkab, ya’ni bir necha 
qismlarga ajratis
h mumkin bo‘lgan vaqt o‘lchovlarini (ya’ni «bug‘un», 
«kecha», «ertaga», «indinga» kabi) o‘zlashtirishlari mumkin. Katta guruh 
bolalari ana shu yuqoridagi vaqt tushunchalaridan tashqari kunlarning 
nomlarini (ya’ni yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba, 
payshanba, 
juma, shanba) ham yaxshi o‘zlashtirib, «hafta», «oy» va hatto ba’zan «yil» 
kabi murakkab vaqt tushunchalaridan ham foydalana oladigan bo‘ladilar.


184 
Tevarak-
atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy 
munosabatlarni (baland, past, katta, ki
chik kabi) to‘g‘ri idrok qilishda 
bolalarning atrofdagi turlituman narsalar bilan bevosila munosabatda 
bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt munosabatlarini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt 
o‘lchovlarini (tushunchalarini) ifodalovchi so‘zlarnig ko‘proq ishlatili
shi 
kat
ta rol o‘ynaydi. Shuning uchun bolalar bilan o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o‘qib berishda bolalar so‘z 
boyligida hozirgacha yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga oid tushunchalarni 
kiritish kerak. Umuman bolalarga bog‘chada vaqt o‘lchovlarini (ya’ni hozir 
soat 2 bo‘lib, tush payti bo‘lib qolganligini, soat 5 dan oshib kech kirib 
qolganligini) muntazam ravishda eslatib turish kerak. Bu bolalarda vaqt 
hissini rivojlantirishga yordam beradi. Vaqt hissi esa vaqt o‘lchovlarini 
to‘g‘ri idrok qilishni ta’minlaydi. Bolalar vaqt tushunchalarini to‘g‘ri 
o‘zlashtirayotganlarini aniqlash uchun ularga «qachon», «qayli kuni», 
«qancha vaqtdan so‘ng», «qayli biri oldin», «qayli haftada», «qayli oyda» 
kabi savollarni berib turish lozim. 
Bog‘chada i
drokni rivojlantira borish asosida kuzatuvchanlikni ham 
tarbiyalash kerak. Kuzatuvchanlik odamning butun hayoti, butun o‘qish va 
mehnat faoliyati davomi
da juda zarur bo‘lgan fazilatdir. Bog‘chada turli 
didaktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, ekskursiyalar tashki
l qilish orqali 
bolalarda kuzatuvchanlikni tarbiyalab boriladi. Bu jihatdan yil fasllari 
(bahor, yoz, kuz, qish) bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab 
so‘zlatish (kim ko‘proq narsani ko‘radi) yaxshi natija beradi. Albatta, 
ekskursiya va mashg
‘ulotlar paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan 
o‘ylab olingan, ya’ni rejali asosda bo‘lishi kerak.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda ularda 
kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbiyachilarga, ularning 
pedagogik 
mahoratiga bog‘liqdir.
35

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin