Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Sezgirlikni rivojlantirishda tarbiyachining roli



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.1.2. Sezgirlikni rivojlantirishda tarbiyachining roli 
Bog‘cha yoshidagi bolalar sezgisini o‘stirishda tarbiyachi
ning roli juda 
kattadir. Tarbiyachi turli qiziqarli mashg‘ulotl
ar orqali bolalar sezgi 
a’zolarining sezgirlik darajasini o‘stirishga yordam berishi kerak. Bunda 
bolalar sezgi a’zolarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni aniq va 
mazmunli 
o‘yinlar bilan bog‘lab o‘tkazish yaxshi natija beradi. Masalan, 
bolalarda uzoqdagi narsalarning farqini ajrata olish sezgirligini 
takomillashtirish uchun rangli va har xil kattalikdagi qutichalar yoki 
kubiklarni ma’lum uzoqlikka qo‘yib, farqini ajrata olish o‘yinini o‘tkazish 
mumkin. Bunda bolalarning ko‘rish sezgirliklari daraja
siga qarab, kubiklar 
qo‘yilgan masofalarni ayrim bolalarga nisbatan uzoqlashtirish va boshqa 
bolalarga nisbatan esa yaqinlashtirish mumkin. 
Har bir tarbiyachi o‘z qo‘l ostidagi bolalar sezgi a’zolarining holatini, 
sezgirlik darajasini yaxshi bilishi kerak. 
Turli mashg‘ulotlarni tashkil 
qilishda buning ahamiyati juda kat
tadir. Ba’zi bolalarda kamqonlik yoki 
boshqa bir sabab tufayli ko‘rish sezgirligi zaif bo‘ladi. Ayr
im tarbiyachilar 
esa buni o‘z vaqtida aniqlamaydilar, natijada bola aybsiz bo‘lsa ham 
tarbiyachidan tez-tez dakki 
е
b turadi. 
Masalan, tarbiyachi rasm bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda 
(rasmga qarab so‘zlab berish) ko‘rish sezgirligi zaif bolani orqaroqqa 
o‘tqazib qo‘yishi mumkin. Natijada bo
la rasmdagi ayrim detallarni mutlaqo 
ko‘rmaydi yoki g‘ira
-
shira ko‘rsa ham, ajrata olmaydi. Tarbiyachi esa, bolada 
ko‘rish sezgirligining zaifligini bilmay, uni diqqatsizlikda ayblab, urisha 
boshlaydi. 
Bolalar bog‘cha yoshida ranglarning farqini yaxshi ajra
ta oladigan 


177 
bo‘ladilar. Biroq ular 
faqat asosiy ranglarni yaxshi biladilar, murakkab 
ranglar, masalan, sarg‘ish, ko‘kimtir, pushti, jigarrang, to‘q qizil, och havo 
rang, zangori, binafsha rang, oqimtir, timqora kabilarni esa yaxshi 
bilmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar bu murakkab ranglar
ning nomini 
ham to‘g‘ri ayta olmaydi. Shuning uchun bolalar gaplarning bunday 
murakkab nomlarini tarbiyachilardan eshitish orqali o‘zlashtiradilar. Ba’zi 
paytlarda esa o‘zlari bilganlaricha ayta boshlaydilar. Masalan, timqorani —
ja qora, pushti rangni 

sal qizil, yashil, zangori, binafsha ranglarni umumiy 
ravishda «ko‘k» deb ataydilar.
Har bir tarbiyachi o‘z ish tajribasidan biladiki, kichik guruh bolalariga 
nisbatan katta guruh bolalari ranglarning o‘zini ham, nomlarini ham yaxshi 
farqlay oladilar. Bu, albatta, mashq qilish va turmush tajribasining ortishi 
natijasidir. Bolalar yorqin (juda yaltiroq) ranglarni yoqtiradilar. Yorqin 
ranglar ularga qandaydir zavq bag‘ishlaydi.
Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farqlay olmaydi. Unga 
ranglarning farqini 
bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim. 
Bolalar rasmli kitobchalar va o‘yinchoqlar bilan shug‘ullanganlarida ularni 
ko‘zlariga juda yaqin tutadilar. Ma
na shunday paytlarda bolalarga rasmli 
kitob va o‘yinchoqlarni ko‘zlaridan birmuncha uzoqroq
masofada tutishni 
o‘rgatish lozim. Bolalarni ta’limiy mashg‘ulotlardan so‘ng kengroq joyga olib 
chiqib, ochiq havoda o‘ynatish kerak. Bunda bolalar uzoq masofa va 
manzaralarni tomosha qiladilar hamda shuning bi
lan birga mashg‘ulotda 
toliqqan ko‘zlariga 
dam beradilar. 
Shunday qilib, bog‘chada bolaning tasavvuri, xotirasi, tafakkuri va 
xayolining taraqqiyoti uchun turli-
tuman yorqin obrazlar beruvchi ko‘rish 
sezgisining faoliyatini har xil mashqlar orqali izchil ravishda oshirib borish 
kerak. 
Bog‘cha yoshi
dagi bolalarning psixik jihatdan taraqqiy etishlarida 
eshitish sezgisining ham roli juda kattadir. Bola eshitish orqali nutqni 
egallaydi. Nutq esa inson taraqqiyotining eng muhim manbalaridan biridir. 
Eshitish sezgisi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolalar
da yildan yilga tez 
rivojlanadi. Agar bog‘cha yoshidagi bolaning eshitish a’zosi (qulog‘i) biron 
kasallikka uchramay, normal rivojlanib borsa, tez orada kamolotga erishadi 
va natijada eshitish sezgirligi kuchayadi. Bolalarning eshitish a’zolari 
anatomik jihatdan katta odamlarnikiga nisbatan birmuncha nozik va zaif 
bo‘ladi. Ayr
im 
bolalarning ko‘rish sezgilari zaifroq bo‘lgani singari boshqa 
bir bolalarning eshitish sezgilari zaifroq bo‘lishi mumkin. Tarbiyachi 
bog‘cha yoshidagi bolalar eshitish sezgilari sezgirligini tekshirib ko‘rishi 
kerak. Yaxshi eshitmaydigan bolalar odatda anqov va hadiksiraydigan 
bo‘ladilar. Bunday bolalar «kar», «karquloq», «anqov» degan laqab olishdan 
qo‘rqib, o‘zlarining ayblarini hech kimga, hatto tarbiyachiga ham 


178 
bildirmaslikka ti
rishadilar. Eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalar nutqi 
o‘zlashtirishdan orqada qoladi. Bu esa ularning umuman psixik 
taraqqiyotdan orqada qolishlariga olib kelishi mumkin. 
Tarbiyachi eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalarni aniqlab olgandan 
so‘ng ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishi kerak. Bunday 
bolalarni hikoya o‘qib berish yoki suhbatlashish kabi mashg‘ulotlarda eng 
oldingi qatorga o‘tkazish lozim. Bundan tashqari, eshitish sezgisi zaif bolalar 
ayrim narsalarni qayta-
qayta so‘raganlarida ularn
i jerkib tashlamay, 
osoyishtalik bilan aniq javob berish lozim. Ba’zi bir ota
-onalar va 
tarbiyachilar bunday bolalarning qayta-
qayta so‘roqlariga osoyishtalik 
bilan javob berish o‘rniga «Ha, nima, karquloqmisan eshitib o‘tir, ovsar!» 
deb urishib beradilar. 
Natijada bola o‘z tengdoshlari o‘rtasida mulzam 
bo‘lib, ikkinchi marta so‘rashga yuragi bezillaydigan bo‘lib qoladi. Mana 
shunday g‘ayripedagogik munosabatda bo‘lish bolaning umumiy psixik 
taraqqiyotiga juda sal
biy ta’sir etadi. Chunki bola eshita olmaga
n va, 
binobarin, tushuna olmagan narsalarni kattalardan so‘rab olish o‘rniga, o‘zi 
bilganicha talqin qilishga odatlanib qoladi. Ana shularni nazarda tutib, 
bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy bilish qurollari bo‘lgan ko‘rish va 
eshitish sezgilarini normal rivojlanti
rish ishiga zo‘r mas’uliyat bilan qarash 
lozim. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar umuman ta’mni emas, balki ta’mning barcha 
turlarini deyarli ajrata oladilar. Hidlarga nisbatan ham xuddi shunday. Biroq 
bu ishdagi bolalarning turmush tajribalari juda ozligi tufayli ayrim 
hidlarning nomini to‘g‘ri ayta olmasliklari mumkin. Bog‘cha yoshidagi 
bolalarning hid va ta’m bilish a’zolari anatomik tuzilishi jihatidan katta 
odamlarning hid va ta’m bilish a’zolaridan deyarli farq qilmasada, lekin 
funksiyasi, ya’ni o‘z vazifasini qay darajada bajarishi jihatdan biroz farq 
qiladi. Bu farq hid va ta’m bil ish sezgirligining o‘tkirligida namoyon bo‘ladi. 
Katta odamlarda hid va ta’m bilish sezgirligi bolalarga nisbatan o‘tkirroq 
bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, bos
hqa sezgilarga nisbatan hid va 
ta’m bilish sezgilarini bog‘cha yoshidagi bolalarda qandaydir yo‘l bilan 
mashq qildirish orqali rivojlantirish birmuncha qiyin. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin