Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

1-darajasi. 

Bilish faoliyati barcha 
jarayonlarining 
mahsuldorligi va 
maqsadga qaratilganligi 
bilan o'qishga nisbatan 
faol va qiziquvchan 
munosabat, o'zining 
harakatlarini nazorat 
qilish va erishilgan 
natijalarini baholash 
qobiliyatiga egaligi bilan 
farqlanadi. 
O'zlashtirilganlar asosida 
bolalar amaliy va aqliy 
faoliyatida qurbi 
yetadigan vazifalarni 
echa oladi.
2-darajasi 

kuchsizroq. O'quv 
faoliyatini 
egallashning barcha 
ko'rsatkichlari yetarli 
rivojlanmagan. Lekin 
shu bilan birga bolalar 
ta'limidagi ba'zi bir 
ehtimoliy og'ishishlar 
ham bundan 
mustasno emas.
3-darajasi. 

Mashg'ulotlarda 
tashqi intizomning 
o'quv faoliyati 
shakllanishidagi 
boshlang'ich davr


163 
Ammo u bolaning rivojlanishiga qarab sistematik Xarakterga ega 
bo‘ladi. Bolalar ijtimoiy maktabgacha tarbi
ya sharoitida muayyan dasturlar 
asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ta’lim oladilar. O‘yin usullari va 
samarali topshiriqlardan foydalanish bunday h
ollarda muhim o‘rin 
egallaydi. Shu bilan birga mashg‘ulotlar vaqtida bolalarga tanish bo‘lgan 
talablar qo‘yiladi: to‘liq va sifatli bilim va ko‘
nikmalar hosil qilish
tarbiyachini tinglash va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish. Mashg‘ulotlar 
orqali b
ilim berish o‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidalarini egallashda 
muhim ahamiyatga ega. O‘quv faoliyatini boshlang‘ich qoidasi bilim olishga 
bo‘lgan qiziqishni shakllanishini va o‘rganish qobiliyatini o‘zlashtirishni o‘z 
ichiga oladi. 
Atrof-muhit haqida 
е
tkazilagan xilma-
xil ma’lumotlar bola
da 
qiziquvchanlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kattalar to monidan gapirib 
berilgan va ko‘rsatilgan narsalar yoki bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlari 
ham unda yangiliklarga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishi mumkin. Maktab 
yoshigacha bo‘lgan bolalarda qiziquvchanlikning o‘sishi, aksariyat hollarda 
ular tomondan berilayotgan savollar soni va ular turini o‘zgarishida 
namoyon bo‘ladi. Uch
-
to‘rt yoshli bolalar savollari yangi bilim olishga, 
tushu
narsiz narsalarni aniqlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, maktab yoshiga 
yaqinlashgan bolalar savollarini aksariyat qismini shunday savollar tashkil 
qiladigan bo‘ladi. Turli xil hodisa sabablariga, ular orasidagi bog‘liqlikka 
qiziqadilar. «Nimaga yomg‘ir yog‘yapti?»; «Nima uchun o‘simliklarni 
sug‘orish kerak?»; «Nimaga doktor kasalni urib, eshitib ko‘radi?»; «Yulduzlar 
qayerdan paydo bo‘ladi?»; «Traktorga kichik uyni joylashtirsa olib keta 
oladimi?»; «Agar barcha suvlar dengizga quyilsa, keyin ular qayerga g‘
oyib 
bo‘ladi?». Bu olti yoshli bolaning doim berishi mumkin bo‘lgan savollarining 
kichik ro‘yxatidir.
Shunday bo‘lsada qiziquvchanlik bolani o‘qishga, sistematik tarzda 
bilim olishga hali tayyorligini ta’minlay olmaydi. U yoki bu hodisaga qiziqish 
bolada 
tez sodir bo‘ladi va shuningdek tez yo‘qoladi ham, yoki boshqa bir 
qiziqishga aylanadi. Yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxatidan ko‘rinib 
turibdiki, bolani turli xil voqelik sohalariga oid bo‘lgan hodisalar qiziqtiradi. 
Rivoj topgan uslubga ko‘ra esa, hod
isalarni aniq turlariga va jihatlariga 
bo‘lgan barqaror qiziqish ta’lim tomonidan talab qilinadi. Bunday hodisalar 
matematika, ona tili, biologiya kabi o‘quv fanlarining mazmunini tashkil 
etadi. 
Ayrim hollarda maktabgacha yoshdagi bolalarda aniq va barqaror 
qiziqish erta namoyon bo‘ladi va ular bolalarni bilim olishda hayratlanarli 
natijalarga erishishlariga sabab bo‘ladi. Izlanishlarga ko‘ra mashg‘ulotlar 
vaqtida bolalarga alohida, tarqoq ma’lumotlar emas, balki aniq tartibdagi 
bilimlar berilsa, barcha bolalarda matematikaga, tilga, jonli va jonsiz tabiat 


164 
hodisalariga bo‘lgan qiziqish kelakli me’yorda shakllanadi. Bu bi
limlar 
bolalarga voqelikni barcha sohasiga xos bo‘lgan hodisalarni asosiy 
bog‘liqligini tushuntirib berishi kerak. Matematika sohasida bu o‘lchovni 
o‘lchanuvchiga, qismni butunga, birlikni ko‘plikga bo‘lgan bog‘liqligidir. Til 
sohasida esa so‘z tuzilishini uning ma’nosiga bog‘liqligi, jonli tabiat sohasida 
hayvonlar va o‘simliklarning tuzilish xususiyatlari hamda yashash 
sharoitiga bo‘lgan bog‘liqligidir va h.k..
Bunday obyektiv qonuniyatlarga asoslangan hodisalar bilan 
tanishuvdan so‘ng bolalar ularni ayrim hollarda namoyon bo‘lishini katta 
qiziqish bilan kuzatib boradilar. Bolalar ko‘z o‘ngida atrof
-muhitning 
notanish qirralari ochiladi va 
ular ta’limni ajoyib kashfiyotlarga yo‘l 
ekanligini tushunadilar. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin