280
turmush tajribas
i anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan
qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va
hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada
rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi.
Yetti y
oshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mustahkamlanadi.
U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollaridan foydalanish malakasini
egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor aktivlik hali
ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradiga
n yoki unga kuchli ta’sir
qiladigan narsalar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga
chiqqanidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola
o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom
etaveradi.
O‘yin jarayonida bola o‘z
-
o‘zini idora qilishga, o‘z harakatlarini
o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini
ustun qo‘yishga odatlanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar
jarayonida bolalarning aql-idroki, xotir
a va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z
navbatida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin
tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta,
oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’lim
-tarbiya ishlari hal
qiluvchi ahamiyatga egadir.
46
Dostları ilə paylaş: