26
II.
Empirik metodlar: kuzatish va o‘z
-
o‘zini kuzatish; eksperimental
psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu);
faoliyat
natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari.
III.
Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari
: miqdoriy (statistika) va
psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
IV.
Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Genetik
metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib
ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha
Xarakter
istikalari o‘rtasidagi «gorizontal» aloqalar an
iqlanadi.
10
Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni
tashkiliy guruhi
o’z ichiga
qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb atalgan
turlarni oladi. Qiyoslash
metodidan umumiy psixologiya, sotsial
psixologiya (katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini
o’zaro taqqoslash), tibbiyot psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning
psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning
holati, uquvliliga va ishchanligini o’zaro taqqoslash) kabi fanlarda unumli
foydalaniladi.
Ontogenez psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi
odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari,
bilimlarni
o’zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning
tafovutlari va o’ziga xosligi kabilarni o’rganishda qo’llanadi. Psixologlardan
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.El’konin,
P.Ya.Gal’perin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar
(chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smi
rlik,
o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib
amalga oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi va ishlab
chiqarishda «inson omili» muammosining ko’tarilishi,
vaqt taqchilligi,
ishchanlik imkoniyati, psixologik moslik masalalarining alohida ahamiyat
kasb etishi mazkur metodni keng qo’llashni taqozo etmoqda. Bundan
tashqari, tajribada olingan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishda ham
qiyoslash metodi qo’llanadi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgari
shlarni
ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini alohida - alohida tahlil qilish,
masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi va jinsdaga odamlarga
qanday ta’sir etganini aniqlash va hokazolar bu metodga diqqat
-
e’tibor
ortib borayotganidan dalolatdir.
Ontogenez psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda
longityud (uzluksiz) metodi ham qo’llanadi. Uning boshqa metodlardan
farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o’n
yillab
10
Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. Toshkent. “O’zbekiston faylasuflar milliy
jamiyati” nashiriyoti, 2018 yil.
- 218-bet.
27
tekshirilishidir. Longityud metodidan psixologlardan nemis V.Shtern,
fransuz R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev,
N.S.Leytis, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki
aralash jinsli (Hasan- Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Shuning
uchun qator tadqiqotlarning "ona kundaligi" (N.A.Menchinskaya,
V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni (kichik
guruhni) kuzatish unda paydo bo’layotgan
yanga fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq- atvoridagi
illatlarni (xatti-harakat) va ularning odatini olish tadbirlarini, murakkab
psixologik munosabatlari, ichki bog’lanish qonuni
yati,
mexanizmi
to’g’risida mukammal, ishonchli, barqaror ma’lumotlar to’plash imkonini
yaratadi.
Longityud metodi yordamida sub’ektiv omillarning o’ziga xosligini,
ob’ektiv shart
-
sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri
o’rganiladi.
Chunonchi, egizaklarning o’xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi,
his-
tuyg’usining o’zgarishi, kishilar o’rtasidagi individual farqlar
(ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazolar)
bo’yicha ma’lumotlar
olish longityud me
todi bilan amalga oshadi.
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik
tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub’ektiv
omillarning ta’sirini kamaytirish maqsadida) yaxlit dastur asosida
boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya, biologiya, sotsiologiya,
kibernetika, statistika, falsafa, mantiq va hokazolar)
bilan birgalikda
tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo’sindagi ilmiy
-
tadqiqot ana shu ko’p qirrali (kompleks) yondashishni talab qil
adi.
Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi,
muhandislik yoki aviatsiya psixologiyasida, tadqiqot ob’ektiga tizimli
yondashish tamoyili amalga oshirilmoqtsa. Kompleks metod yordamida
o’rganilayotgan ob’ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil
qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni
o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa,
kompleks yondashish ta’sirida ana shu o’zlashtirishning fals
afiy, mantiqiy,
fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning
biologik omillarini o’rganish
uning psixologik, fiziologik, mantiqiy
jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari
ilmiy ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini hal qilishda
katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi
Dostları ilə paylaş: