Universitiy of science and technologies "umumiy psixologiya" fani



Yüklə 35,22 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü35,22 Kb.
#158633
1   2
motivitsiyaning individual hususiyatlari

«Individuallik» — yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o’ziga xos xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emosiyalari, xulqiga xos motivasiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o’tilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta’minlovchi kategoriyalardir. Uning ma’nosi shundaki, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z qarashlari, barmoq xarakatlari va shunga o’xshash sifatlari bir xil bo’lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivasiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui bir xil bo’lgan odamni topib bo’lmaydi. Ular — individualdir.
Qobiliyatlar — shaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko’rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament — insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, xolatlar va insonlarning xatti-xarakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Xarakter — shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o’z ichiga oladi.
Irodaviy sifatlar — har birimizning o’z oldimizga maqsad qo’yib, unga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o’z ichiga oladi.
Emosiyalar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo’layotgan hodisalar, bizni o’rab turgan odamlar va ularning xatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo’lib, ular ayni vaziyatlardagi real xolatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko’nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog’liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo’lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo’lib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko’proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog’lab o’rganiladi. har bir normal odam o’zining aqlli bo’lishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, xattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq xalqlarida biror kimsaga nisbatan «o’ta aqlli» yoki «o’ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o’rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o’g’li anchagina aqlli bo’libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo’lib, ota-onasini kuydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi.Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog’liq sifatlar juda ko’plab tadqiqotlar obyekti bo’lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo’lgan ko’rsatgichni o’lchashga uringanlar. Ko’pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni so’zlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko’rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bog’liq jihatlarni ham qo’shganlar.


XULOSA:

Demak, individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimz yo’naltirilgan muhim predmet ekan. Chunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador. Kimdir juda chaqqon, tez ish qiladi, lekin sifatsiz. Kimdir juda yaxshi qoyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir ishga yuzaki qarab, nomiga uni bajarsa, boshqa bir odam unga butun vujudi va e’tiqodi bilan munosabatda bo’lib, tinimsiz izlanadi va jamiyat uchun manfaat qidiradi. Shuning uchun ham individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini inobatga olib, eng muhim individual-psixologik xususiyatlarni alohida o’rganamiz.


Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi. Odamlarning o’quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o’ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o’sha insonning o’zi ham qilgan har bir harakatidan o’zi uchun naf ko’radi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘oziyev. E.G‘. Umumiy psixologiyasi. T., ToshDU, 2010.
2. David G. Mers Psychology,© 2010 by Worth Publishers
3. Djeyms U, Kalat. Psychology. 2013
4. Maklakov A. G. Obshaya psixologiya: otveti na ekzamenatsionniye bileti»: Piter; Sankt-peterburg; 2012
Yüklə 35,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin