5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o`z tashabbusi bilan ham o`sa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o`sa boshlaydi. O`qish jarayonining o`zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to`planishi va barqarorligining o`sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi o`sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bo`linishi bilan ajralib turadi.
Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko`rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo`liga ushlatib qo`yib, ikkinchi qo`liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo`lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o`z qo`lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo`linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o`yin faoliyatlarida, o`qish va amaliy mehnat jarayonida o`sib boradi.
O`qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo`lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o`sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o`sishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi.

Shuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta`sirli bo`ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob`ektning tashqi tomonlariga ko`proq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga ko`proq qarashi, uni og`ziga solishi mumkin. Yaltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o`sib borishidir. quyi sinf o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko`rgazmalar, xilma - xil bo`lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg`ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o`ylab ko`rishi lozim.