University of business and science “Maktabgacha ta`lim” yo`nalishi 22-mts-04 guruh 1-bosqich talabasi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə3/5
tarix04.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#124858
1   2   3   4   5
Diqqatni rivojlanishi

DIQQATNING XUSUSIYATLARI

  •  Diqqatning o`ziga xos xususiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, bo`linishi, kulami, parishonxotirlik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Dastavval diqqatning barqarorligidan iborat bo`lgan tomonini ajratib ko`rsatish kerak. Biz ma`lum vaqt oralig`idagi diqqat to`lqini haqida gapirishimiz mumkinmi? Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritmlar bilan cheklashga intilganlar. Ular diqqatni tebranishi deb, atalishi xususiyatini diqqatning biologik ritmiga kiritganlar. Diqqatning tebranish xususiyati, odatda bilinar- bilinmas qo`zg`atuvchilar orqali o`rganiladi. Masalan: soatning chiqillashiga quloq soladigan bo`lsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo`lishiga qaramay, bu ovoz ba`zan payqaladi, ba`zan esa payqalmay qoladi. Bir - biriga yaqin bo`lgan yorug`lik farqini ajratishda xuddi shunday hodisa ro`y beradi.

DIQQATNING XUSUSIYATLARI

  • Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma`lum bo`lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi unchalik katta bo`lmay 1,5sekunddan 2,6 sekundgacha etadi. Bu hol diqqat tebranishining asosini biologik jarayonlari tashqil etishini ko`rsatuvchi bir dalil bo`ladi. Diqqatimizni uzoq vaqt davomida biror harakatsiz o`zgarmas ob`ekt ustida to`plashga imkoniyatimiz bo`lmasa ham, to`qnash keladigan ob`ektning o`zgarishi va harakatchanligi bilan bo`lgan qandaydir bir faoliyatni bajarish ustida diqqatimizni uzoq vaqt saqlay olmaymiz. Masalan: koptok o`ynagan paytda shunday qilib barcha diqqat biror ob`ekt ustida uzoq vaqt davomida to`xtab turolmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning o`zida to`planib turishi mumkin.

DIQQATNING RIVOJLANISHI

  • Ta`lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg`ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning ta`siri ostida o`sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko`rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to`planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o`ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to`g`ri keladi.
  • Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo`lishga va jamiyatda yashash koidalariga o`rgatadilar. Bo`larning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin