§6. Sifatning orttirma darajasi. Sifat haqida ma’lumotlarni umumlashtirish.
Maqsad: Orttirma daraja hosil qilish qoidasi va lug‘at shaklini; bir xil tugallanmali sifatlarning lug‘at shakli va Gen. sing. ni; ichak va pardalar nomida qo‘llaniluvchi substantivatlarni bilib olish. Barcha darajalardagi sifatlar ifodalangan tushunchalarni Nom. va Gen. sing. da otlar bilan moslashtira olish.
Sifatning orttirma darajasi
Sifatlarning orttirma darajasi oddiy daraja negiziga -issim suffiksi (-er qo‘shimchali sifatlardan tashqari) va rodlarning qo‘shimchalari (m) -us, (f) -a, (n) -um qo’shish yordamida hosil bo‘ladi:
Oddiy daraja
|
Suffiks
|
Orttirma daraja
m, f, n
|
uzun
|
longus, a, um
|
-issim-
|
longissimus, a, um
|
qisqa
|
brevis, e
|
-issim-
|
brevissimus, a, um
|
qizil
|
ruber, bra, brum
|
-rim-
|
ruberrimus, a, um
|
Qiyosiy daraja Orttirma daraja
oldingi anterior, ius –
orqadagi posterior, ius postremus, a, um
yuqori superior, ius supremus, a, um
pastki inferior, ius infimus, a, um
katta major, jus maximus, a, um
kichik minor, us minimus, a, um
Dostları ilə paylaş: |