Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə28/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)

Leksik minimum


I turlanishdagi otlar

ampulla, ae f
ampula

apertura, aef
apertura (teshik)

cellula, aef
hujayra

fibra, aef
tola

gingiva, aef
milk

glandula, aef
bez

palpebra, ae f
qovoq

papilla, aef
so‘rg‘ich

plica, aef
burma

retina, aef
to‘r parda

II turlanishdagi otlar

alveolus, im
katakcha, alveola

bulbus, im
piyozcha (olmacha)

bulbus oculi
ko‘z olmasi

cilium, i n
kiprik

folium, i n
barg, yaproq

gyrus, im
pushta

metacarpus, im
qo‘l kafti

metatarsus, im
oyoq kafti

nucleus, i m
o‘zak

ramus, i m
tarmoq, shoxcha

spatium, i n
sath (oraliq)

supercilium, i n
qosh

IV turlanishdagi otlar

manus, usm
qo‘l

recessus, usm
chuqurlik, cho‘ntak

I guruh sifatlari

accessorius, a, um
qo‘shimcha

cavernosus, a, um
g‘orsimon

fibrosus, a, um
tolali, fibroz

flavus, a, um
sariq

gastricus, a, um
me’daga oid

glut(a)eus, a, um
dumbaga oid

hepaticus, a, um
jigarga oid

lymphaticus, a, um
limfaga oid

mucosus, a, um
shilliqli

nutricius, a, um
oziqlantiruvchi

oesophageus, a, um
qizilo‘ngachga oid

pelvinus, a, um
chanoqqa oid

proprius, a, um
xususiy

subcutaneus, a, um
teri ostiga oid

II guruh sifatlari

brevis, e
kalta

ciliaris, e
kiprikka oid

communis, e
umumiy

corticalis, e
po‘stloqqa oid

labialis, e
labga oid

lumbalis, e
belga oid

papillaris, e
so‘rg‘ichli, so‘rg‘ichga oid

pectoralis, e
ko‘krakka oid

pulmonalis, e
o‘pkaga oid

radialis, e
nurli; bilak (suyagi)ga oid

spinalis, e
orqa miyaga oid

superficialis, e
yuzaki

ulnaris, e
tirsak (suyagi)ga oid



447
1.12-rasmTana qisimidagi ichki va jinsiy azolar (A) Posterior (B) Anterior



Barbara A.Gylys, Regina M.Masters”Medical Terminology Simplified fourth edition “USA2010/Chapter-10.P.447



Nazorat savollari:


1.I-V turlanishdagiotlarni Nom plda qo’shimchalariqanday?
2.I-II guruh sifatlari I-V turlanishdagi otlar bilan Nom. Pluralisda qanday moslashadi ?
3.Moslashganda sifatlar otning nimalarini oladi?
4.Ko’plik qo’shimchalarini olishda nimaga etibor berish kerak?

Quem medicamenta non sanant, natūra sanat. –Dori davolamaganni tabiat davolaydi.
Cuivis dolori remedium est patientia. –Har og‘riqqa vosita - sabr.

§11. I-V turlanishdagi ot va sifatlarning qaratqich kelishik ko‘plik son (Genetivus pluralis) shakli.


Maqsad: Ot va sifatlarning qaratqich kelishik ko‘plik sondagi tugallanmalarini bilib olish. Sifatlarni har bir turlanish Genetivus pluralis shaklidagi otlar bilan moslashtiraolish.

Qaratqich kelishik ko‘plik formasi


Ot va sifatlarning Genetivus pluralisshaklini hosil qilish uchun taxminiy asosli harakatlar:

  1. otl va sifatlarning lug‘at shakli;

  2. turlanishni aniqlash;

  3. negizni ajratish;

  4. negizga Gen. Plqo’shimchasini qo‘shish.

Eslab qoling: Turlanish Gen. pl.
I -arum
II -orum
IV -uum
V -erum
I, II, V turlanishdagi otlarning hamda I guruh sifatlari, xususan orttirma daraja sifatlarining umumiy -um qo’shimcha komponenti negizning unli oxiriga -r- orqali, IV turlanishda esa bevosita -u- unlisiga qo‘shiladi.

Lug‘at shakli

Turl.

Negiz

Unli oxir

Qo’shimcha

Gen. pl.

glandula, aef

I

glandul-

-a-

-r-um

glandularum

nervus, im

II

nerv-

-o-

-r-um

nervorum

septum, in

II

sept-

-o-

-r-um

septorum

ganglion, in

II

gangli-

-o-

-r-um

gangliorum

textus, usm

IV

text-

-u-

-um

textuum

cornu, us n

IV

corn-

-u-

-um

cornuum

facies, eif

V

faci-

-e-

-r-um

facierum

thoracicus

II

thoracic-

-o-

-r-um

thoracicorum

thoracica

I

thoracic-

-a-

-r-um

thoracicorum

thoracicum

II

thoracic-

-o-

-r-um

thoracicorum



III turlanishdagiot, IIguruhsifatvaqiyosiydarajadagisifatlarining

Genetivuspluralisqo’shimchalari


-um
1 undoshbilantugallanuvchinegizliotlar («undoshli tipdagi»)
-ium
2 undosh bilan tugallanuvchi negizli otlar («aralashtipdagi»)

Sifatlarning qiyosiy darajasi («undoshli tipdagi»)
-is, -es teng bo‘g‘inlilari («aralash tipdagi»)
-e, -al, -ar otlari («unli tipdagi»)
II guruh sifatlari («unli tipdagi»)

1. Otlarning Gen. pl.shaklini hosil qilishda inobatga olish kerak:
a) negiz 1 yoki 2 undosh bilan tugallanganligiga: radix, icis f–radici-um; pars, partis f– part-ium;
b) -es, -is otlari teng yoki noteng bo‘g‘inligiga: paries, etis m– pariet-um; pyramis, idis f– pyramid-um; auris, is f– aur-ium;
c) -e, -al, -ar bilan tugallanganligiga: rete, is n– ret-ium.
2. Sifatlarning Gen. pl.shaklini hosil qilishda esda tutish kerak:
a) II guruh sifatlari -ium qo’shimchasiga ega bo’lganda: brevis, e – brev-ium; simplex, icis – simplic-ium;
b) qiyosiy daraja sifatlari -ior li negiziga -um qo’shimchasi qo‘shiladi: anterior, ius (anterior-is – negiz anterior-) anterior-um.

Mashqlar


I. Otlarni qaysi turlanishga mansubligini aniqlang, lug‘at shaklini belgilang:
concharum, sulcorum, processum, digitorum, facierum, lamellarum, arteriarum, oculorum, lingularum, ligamentorum, plexum, genuum, aperturarum, recessum.
II. Lotin tiliga tarjima qiling, Gen. pl. hosil qiling:
tugun, bez, sinus, yuza, kirish teshigi, boylam, arteriya, chigal, bo‘lmacha, milk, lab, burchak, shox, egat, lunj, gangliy, dahliz.
III. Lotin tiliga tarjima qiling, Nom. pl. va Gen. pl. hosil qiling:
konussimon so‘rg‘ich, til osti-ustiga oid mushak, yonoqqa oid o‘simta, tanglayga oid egat, jag‘-til ostiga oid chizig‘, eng kichik vena, kesuvchi mushak, ko‘ndalang tanglay burmasi, g‘orsimon chigal, ko‘ruv asabi.
IV. Berilgan otlardan Gen. pl. hosil qiling:
pes, pedism; cavitas, atis f; foramen, inis n; unguis, is m; thenar, aris n; dens, dentis m; caput, itis n; frons, frontis n; paries, etis m; tempus, oris n; canalis, is m; apex, icis m; calcar, aris n; tuberositas, atis f; cervix, icis f; os, ossis n; ars, artis f; stapes, edis m; glans, glandi f; meninx, ngis f.
V. Berilgan sifatlardan Gen. pl. hosil qiling:
frontalis, e; anterior, ius; dentalis, e; orbitalis, e; posterior, ius; molaris, e; infraorbitalis, e; superior, ius; sphenoidalis, e; major, jus; premolaris, e; minor, us.
VI.Gen. pl. ga qo‘ying:
vas sanguineum, valvula semilunaris, nervus spinalis, vena minima, dens premolaris, papilla lingualis, alveolus dentalis, cornu minus, septum interradiculare, concha nasalis, facies articularis, glandula lingualis, ligamentum flavum, canalis alveolaris, processus transversus, massa lateralis, foramen alveolare.
VII. Lotin tiliga tarjima qiling, Nom. pl. va Gen. pl. hosil qiling:
katta qanot, ko‘z kosasiga oid qism, engak do‘mboqchasi, alveolalararo to‘siq, til osti burmasi, lateral yuza, kichik tanglay teshigi, pastki kichik oziq tish, bo‘yin umurtqasi, kesuvchi tish, simpatik chigal, qoziq tish, peshonaga oid sinus, o‘pkaga oid vena, katta oziq tish, belga oid umurtqa, quloqqa oid yuza, katta tanglay kanali, orqa uzunchoq boylam, tashqi qovurg‘alalaro mushak.
VIII. Lotin tiliga tarjima qiling:
A. qovurg‘alarning ko‘taruvchi uzun mushaklar, qovurg‘alarning ko‘taruvchi kalta mushaklar, paylar kesishmasi, kesuvchi va qoziq tishlarning medial yuzasi, bukuvchi mushaklar paylarining bog‘ichi, pastki yozuvchi mushak paylarining bog‘ichi, paylar boylami, tomirlarning tomirlari, qizil va sariq suyak ko‘miklari, peshonaga oid sinuslarning to‘sig‘i, chap bo‘lmachaning o‘pka arteriyalariga oid teshiklari, bo‘yin umurtqalarining oldingi va orqa do‘mboqlari, simpatik chigallarning gangliyalari, o‘ng bo‘lmachaning bo’sh venalariga oid sinus.
B.yuzaki barmoqlarni bukuvchi mushaklar, kalta barmoqlarni yozuvchi mushaklar, qo‘l barmoqlari paylarining sinovial qinlari, yuqori kichik boldir mushaklari paylarining bog‘ichi, qo‘l barmoqlarining fibroz qinlari, umumiy bukuvchi mushaklarning sinovial qinlari, dumba mushaklarining mushaklararo haltalari, qo‘l bosh barmog‘ining uzun uzoqlashtiruvchi mushak va kalta yozuvchi mushak paylarining qini, qo‘l kaftining bilakka oid yozuvchi mushaklar paylarining qini.
C. lablar jipislashuvlari, qovoqlar yorig‘i, tomirlar asabi, kesuvchi va katta oziq tishlar, kesuvchi va kichik oziq tishlarning tilga oid yuzasi, ponasimon sinuslar, ponasimon sinuslar to‘siqlari, qanotsimon o‘simtalar, qanotsimon o‘simtalar medial va lateral plastinalari, katta va kichik toshsimon asablar, katta va kichik toshsimon asablar kanallari, katta va kichik toshsimon asablar kanallarining tirqishi, qovoqlar yon jipislashuvi.

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin