Rahbar xulq-atvorining na’munalari va axloqiy etalonlari (5)
Ishchilaringizga ishoning va ishdagi xatolaringizni tan oling. Jamoa a'zolari bular haqida u yoki bu tarzda bilib oladi. Ammo xatolarni yashirish - zaiflik va insofsizlikning ko’rinishidir.
O'z xodimlaringizni himoya qiling va ularga sodiq bo'ling. Ular sizga xuddi shunday javob berishadi.
Buyursh shaklini birinchi navbatda ikkita omilni hisobga olgan holda to'g'ri tanlang: 1) vaziyatlar, nyuanslar uchun vaqt mavjudligini; 2) bo'ysunuvchining shaxsiyati: sizning oldingizda kim - vijdonli va malakali xodim yoki har qadamda turtki berish kerakmi.
Rahbarlar axloqiy xulq-atvor namunasi bo'lishi kerak. Ular rahbarlik qilayotgan tashkilotlarining boyligi, gullab –yashnashiga xissasini qo’shishi kerak.
liderlar rahbarlik qilayotgan tashkilotning istiqboli uchun javobgardir.
Rahbarlar bo'ysunuvchilarga o'z niyatlari to'g'risida doimiy ravishda xabar berishlari kerak. Ishchilar rahbariyatdan samarali ishlashi uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni olishni kutishadi.
Rahbarlar yuqori darajadagi ishonchga asoslangan yaxshi ishlaydigan jamoa tuzish uchun javobgardir. Jamoa a'zolari, agar ular o'z hissalari kamayayotganga o'xshasa ham, firma manfaati uchun boshqalar bilan hamkorlik qilishlari uchun mukofotlanishini bilishlari kerak. Va, albatta, ular tashkilotning strategik manfaatlariga mos keladigan qarorlar uchun mukofotlanishi kerak.
Rahbarlar shaxsiy rivojlanish va ijodkorlikni rag'batlantiradigan muhitni yaratish uchun javobgardir.