Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə80/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

60

MILLIY G’OYA TARIXI VA NAZARIYASI” FANIDAN GLOSSARIY
Mafkura – fikrlar majmui, g’oyalar tizimi, e’tiqod.
Milliy g’oya - millatning o’tmishi, buguni, istiqboli, manfaat va maqsadini ifodalovchi ijtimoiy g’oya.
Foya - muayyan fikr, maqsad sari etaklovchi kuch.
Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruh faoliyatini, xulqini belgilaydigan asosiy omil.
G’oyaviy tarbiya – Jamiyatdagi mavjud g’oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishdir. G’oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.
G’oyaning turli ko’rinishlari – Mazmuni va namoyon bo’lish shakliga ko’ra – ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy g’oyalarga bo’linadi.
Bunyodkor g’oyalar – 1) Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan tushuncha; 2) Jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari etaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo’lida birgalikda harakat qilishga undovchi g’oya.
Vayronkor (buzg’unchi) g’oyalar – 1) bunyodkor g’oyalarga zid bo’lgan, yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan g’oyalar majmuini ifodalaydigan tushuncha; 2) insonni va jamiyatni tubanlikka boshlaydigan, odamlarni g’arazli niyat va qabih maqsadlarga undaydigan, xalqlar va davlatlarni tanazzul va halokatga mahkum etadigan g’oyalardir.
Milliy istiqlol g’oyasi – Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o’zida mujassam etadi.
Milliy istiqlol mafkurasi – Milliy istiqlol mafkurasi har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma’naviy mezondir.
Milliy istiqlol g’oyasining asosiy g’oyalari – Vatan ravnaqini ta’minlash va yuksaltirish; YUrt tinchligini ta’minlash va asrash; Xalq farovonligini ta’minlash; Komil insonni tarbiyalash; Ijtimoiy hamkorlikni ta’minlash; Millatlararo totuvlikni ta’minlash; Dinlararo bag’rikenglik (tolerantlik);

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin