R e j a: 1. “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining shakllanishi. 2. “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining ob’ekti va predmeti. 3. “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining maqsad va vazifalari. “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining shakllanishi - Vatanimiz mustaqilligining milliy-ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ma’naviy meros, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalangan holda kelgusi, zamonaviy baxtli hayotimizni tashkil etishda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
SHu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda milliy g‘oyalarimizning tarixiy asoslarini chuqur o‘rganishni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda ulardan oqilona foydalanish. Ular asosida, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, buyuklardan meros bu Vatanni asrab-avaylash, uning buyuk kelajagini tashkil etish kabi muqaddas tuyg‘ularni shakllantirish mazkur fan shakllanishining asosiy maqsad-yo‘nalishlaridan biridir.
“Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” ob’ekti - xalqimizning tarixiy, milliy –ma’naviy merosi, qadriyatlari, maqsad va mo‘ljallari, demokratik prinsiplarini namoyon bo‘lishining umumiy va milliy xususiyatlarini o‘rganish.
Mamlakatimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida tarixiy, milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish.