Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Dunyodagi mafkuraviy kurashlar sharoitida milliy g‘oyaning zarurligi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə58/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

23-mavzu: Dunyodagi mafkuraviy kurashlar sharoitida milliy g‘oyaning zarurligi.
Duyodagi mafkuraviy kurashlar va uning sabablari. Mafkuradan ko‘zlangan maqsadlarning xilma-xilligi. Ezgu , bunyodkor mafkuralar. Yovuz va buzg‘unchi mafkuralar. Mafkuraviy kurashlarning turli xil siyosiy mafkuraviy yo‘nalganligi. Duyodagi globbal o‘zgarishlar.
I.A. Karimov mafkuraviy poligonlarning yadro poliglaridan xavfli ekani, fikrrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligi to‘g‘risida. Malkuraviy kurashlarning oldini olishda milliy g‘oyaning zarurligi. Yovuz va tajovuzkor mafkuralarga qarshi kurashda milliy g‘oya rolining ortib borishi.
1. Dunyoning mafkuraviy manzarasi
2. Mafkuraviy kurashlarning o‘ziga xos ko‘rinish.
3. Insoniyatning ma’naviy zaiflashuvi.
4. Ijtimoiy muammolarning ko‘payishi.
Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, turli xil manfaatlar, qarashlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Bu ezgu g‘oyalar bilan birga yovuz g‘oyalarning ham yashovchanligini, «dunyoda mafkura sohasida kurashning» davom etib kelayotganligining asosida yotgan o‘ziga xos jihatidir. Hozirgi davr - dunyo g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Butun Er yuzi odamzod uchun yagona makon bo‘lib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bo‘lgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko‘proq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa o‘rtasida bo‘lgan. XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etgan. Xullas, urush qurollari takomilashib boraverdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun Er sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo‘q qilib tashlashga etadi. Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q. Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq.
Dunyoning mafkuraviy manzarasi haqida Prezident I.Karimov o‘zining «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» asarida quyidagi xulosaga keladi:
Ilgari ikki sistema - SSSR va AQSH etakchi bo‘lgan va bir-biriga mafkuraviy jihatdan zid ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyo xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi.
Sobiq sovet tuzumi parokanda bo‘lgach, yangi - g‘oyat murakkab va qaltis bir davr yuzaga keldiki, uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin