Demokratik qadriyatlar ustuvorligi. Butun dunyoda hozirgi kunda demokratik qadriyatlarga asoslangan jamiyat qurish oliy maqsad hisoblanadi. Bu ijobiy hodisa. Ayni paytda, demokratiyani tushunish va talqin qilishda yagona yondashuv yo‘q. Natijada milliy demokratik jarayonlar tan olinmayapti. Muayyan G‘abr mamlakatlarida mavjud demokratiya shaklini mutloq deb bilish qadriyati yuzaga keldi. Natijada globallashuv vositasida halqlarning o‘zaro yaqinlashuvida muammolar paydo bo‘ldi. Negaki G‘arb mamlakatlari amal qilayotgan va butun dunyoga taqdim qilishga urinayotgan demokratiya shakli ko‘p halqlarning mentalitetiga mos kelmaydi. Misol uchun, bu demokratiya shakliga mos bo‘lgan erkin muhabbat g‘oyasi SHarq xalqlari turmush tarziga yotdir.
Dunyoda zo‘ravonlikning mavjudligi. Hozirgi dunyoda muammolarni hal etish uchun kuch ishlatish tendensiyasidan hamon voz kechilgani yo‘q. Bir guruh g‘arazgo‘y kimsalar tomonidan o‘ylab topilayotgan muammolar davlatlararo munosabatlar darajasiga chiqib ketmoqda. Natijada jahonda urush o‘choqlari o‘chmayapti va ularning yangilari paydo bo‘lmoqda. Katta sakkizlik davlatlarining ko‘pchiligi bu urushlarda qatnashib, qurol-yarog‘larini sinovdan o‘tkazib olmoqda. Buning oqibatida dunyoda qashshoqlik, iqtisodiy inqiroz va ijtimoiy muammolar barham topmayapti. Globallashuvning ijobiy imkoniyatlari shubha ostida qolmoqda.
Mintaqada etakchilikka intilish. Bu mafkuraviy jarayon bugungi kunda dunyoning barcha mintaqalarini qamrab oldi. Unga ko‘ra, muayyan davlatlar o‘z muammolarini hal etish, iqtisodiy farovonlikka erishish uchun qo‘shni davlatlar va o‘zga xalqlarning manfaatlarini hisobga olmayapti. Natijada transmilliy majoralar kuchayib, globallashuv jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur jarayon aslida “bo‘lib tashla-hukmronlik qil” illatining hosilasi ekanligi anglab olinmayapti.
Insoniyatning ma’naviy zaiflashuvi. Mazkur mafkuraviy hodisa eng tashvishlisidir. CHunki inson o‘z kashfiyotlariga mahliyo bo‘lib, dunyoqarash, axloq va faoliyat jihatidan zaiflashib bormoqda. Terrorizm, diniy eksterizm va “demokratiyani olg‘a siljitish” harakatlari shuning natijasidir. Bu harakatlar milliy birlik, birodarlik va hamkorlikka rahna solmoqda.
Insoniyatning ma’naviy zaiflashuvi uning o‘ziga zarar keltirmoqda. Bilim olish, kelajakni o‘ylash va ijtimoiy ahloq qoidalariga rioya qilish o‘rniga nafsga berilish, shahvat domiga tushish va bugungi kun bilan yashash egallab bormoqda. Bu globallashuv jarayonlarini to‘xtatishga qodir omildir.