Qo’l dinamometri yordamida muskullar kuchi o’lchanadi va quyidagi jadval bilan solishtiriladi.
Yosh
O’ng qo’l
Chap qo’l
O’g’il
Qiz
O’g’il
Qiz
6
9,2
8,4
8,5
7,7
7
10,7
9,9
10,1
9,2
8
13,4
11,2
11,7
10,5
9
14,3
13,8
13.5
12
10
16,5
14,6
15,6
13,7
11
18,8
16,5
17,7
15,5
12
21.2
18.9
19.7
17,8
13
24.4
21.8
22.5
20,4
14
28,4
24,8
25,2
22,9
15
33,4
27
30,9
24,9
Kattalar
49,3
29,7
45
37,7
Yoshga bog’liq holda tana proportsialarining o’zgarishi.
Ontogenez davomida tananing o’zgarishi
Bolalarda yoshga qarab bo'yining o'zgarishi.
Bolalarda yoshga qarab bo'yining o'zgarishi.
Yangi tug'ilgan bolaning bo'yi 48-50 sm bo'ladi. Bolaning bir yoshigacha bo`yining uzunligi har oyda 2 sm dan o`sib bir yosh oxirida 75 sm ga yetadi. 2,3 yoshida bo’yi har yili 8 sm dan cho’ziladi. 4; 5; 6 yoshlarda har yili 5; 7 sm ga ortadi.
Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshdan, o`g`il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo`yiga o`sish tezlashadi. Bo`yiga o`sish qizlarda asosan 18 yoshda, o’g’il bolalarda esa 20 yoshda to`xtaydi.
Butun rivojlanish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo`l uzunligi 4 marta, gavda uzunligi 3 marta ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida o’smirning bo’yi har yili 7-8 sm dan o`sadi.
Tana vaznining yoshga qarab o`zgarishi.
Tana vaznining yoshga qarab o`zgarishi.
Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o`zgaradi. Yangi tug`ilgan qiz bolalarning o`rtacha vazni 3 kg, o`g`il bolalarniki esa 3,4 kg bo`ladi. Bolaning vazni tug`ilganidan keyingi birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi.
Bir yashar bolaning vazni tug`ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9-10 kg ga yetadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo`shiladi. 4; 5; 6 yoshlarda bola vazniga Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 10-13 yoshlarda tez ortib yiliga 5-8 kg-dan qo’shilib boradi.
O`g`il bolalarda esa 12-15 yoshdan vazniga oshishi tezlashib yiliga 7-8 kg-ga ortib boradi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi.
O’sish va
rivojlanish
Notеkis
Uzluksizlik (doimiylik)
Aksеlеratsiya
Gеtеroxronik
Bolalarni individual o`sish va rivojlanishini e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog`liqdir.
Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o`rab turgan muhitga va o`quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog`liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o`sish tempiga ta'sir etadi.
Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar orasida o`ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkinddar (nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi.
O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
Turli yosh davrining ta'rifi.
Odam yoshini davrlarga ajratilish asosiy sababining poydevorida barcha organ va sistemalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari va ijtimoiy kriteriyalari ya'ni bolaning bog`cha yoshgacha bo’lgan davri bog’cha va maktabdagi tarbiyalanish sharoiti yotadi.
Masalan bog`chada tarbiyalansa bog`cha yoshi, maktabda ta'lim olsa, maktab yosh davrlari deb ataldi. Fanda rus gigiyenisti N.P.Gundobin tuzib bergan yoshlik davrlari sxemasi qo`llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga birlashtirgan. Har bir davr o`z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har bir davrda o`ziga xos jarayonlar sodir bo`ladi.
Yoshlik davrlari. Pediateriyada yoshlik davrlari quyidagicha farq qilinadi:
1. Ona qornida rivojlanish davri. Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas olishi tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog`liq bo`ladi.
2. Yangi tug`ilgan davri. 1 kundan 10 kungacha (kindik tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mustaqil ravishda nafas oladi. Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi.
4. Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr (1 yoshdan 3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi biroz susayadi. So`z boyligi ortadi, o`zligini taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi.
4. Bog`cha yoshigacha bo`lgan davr (1 yoshdan 3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo`yiga o`sishi, og`irligining ortishi biroz susayadi. So`z boyligi ortadi, o`zligini taniydi, taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi.
5. Bog`cha yoshi (3 yoshdan 7 yoshgacha). Bu davrda xotira, fikrlash tasavvur qilish protsesslari rivojlanadi, intizom paydo bo`ladi, miya po`stlog`i juda ko`p shartli bog`lanis hlar vujudga kela boshlaydi.
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 12 yoshgacha yoki 6 yoshdan 11 yoshga-cha). Skeletning suyaklashuvi davom etadi, tana proportsiyasi o`zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy bezlarning gormonal ta'siri orta boradi.
7. O`rta maktab yoshi (12 yoshdan 15 yoshgacha). Bu davrda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo`ladi, tormozlanish va qo`zg`alish protsesslari muvozanatlasha-di, umumlashtirish protsesslari ortadi.
8. Katta maktab va balog’at yoshi (13-14 yoshdan 18-19 yoshgacha qizlar, 15-16 yoshdan 19-20 yoshgacha o’g’il bolalar). Bu davrda ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanadi. Bolaning bo`yiga o`sishi va og`irligining ortishi tezlashadi. Barcha organ va sistemalarning funksiyasi takomillashadi. Bolaning ruhiy xolati o`zgaradi.
1965 yili Moskvada yosh davrlariga bag`ishlangan kengashda quyidagi yosh davrlari sxemasidan foydalanish qabul qilingan: