“Piyoda”ga qarshi harakat Asosiy g’oya shunday edi: harakatlarni Haägen Dazs’ga qarshi emas, balki
Pilsbury’ga qarshi boshlash, chunki u yirikroq va yo’qotadigan narsasi ham bor edi.
1960 yillarning o’rtasidan boshlab Pilsbury’ning ramzi piyoda askar edi. Aynan mana
shu piyoda askar kompaniyaning boshqa reklamalarida ham ishlatilardi. Ikki
mo’zqaymoq ishlab chiqaruvchisi bir-biriga urush elon qilgandek tasavvur paydo
bo’lmasligi uchun Xovi avval Pilsbury’ning piyoda askariga qarshi urush elon
qilishdan boshlashni taklif qildi.
SHunday qilib kompaniya “Piyoda askar nimadan qo’rqadi?” shiori bilan
boshlandi, hamda kichik kompaniyaga (Ben & Gerry) jahldor buqa (Pilsbury) hujum
qilayotganini David va Goliaf jangi bilan tasvirladilar.
“Biz haqiqatda Pilsbury haqida hech narsa bilmas edik. Biz faqat yashash uchun
kurashayotgan edik xolos,-derdi Ben Koen. – Agar taqdirimizda mag’lub bo’lish
yozilgan bo’lsa, iloji boricha ko’proq kishi nima sodir bo’layotganidan xabar topishini
istardik. Biz aytmoqchi edikki: Istemolchi qaysi mo’zqaymoqni istemol qilishni
o’zlari tanlashlariga Pilsbury yo’l qo’ymayotganligi sababli istemolchilar do’kon
rastalaridan Ben & Gerry mahsulotini topolmayaptilar”.
Kompaniyani olib borishda, “Piyoda askar nimadan qo’rqadi?” shiori
futbolkalarda, mashinalarda va boshqa reklama vositalarida qo’llanildi. Djerri
Minneapolisdagi Pilsbury/ning bosh boshqarmasi binosi oldida norozilik chiqishlarini
ьashqil qildi. Va shu bilan mahalliy yangiliklarda ushbu masala yoritila boshlandi. Bu
nafaqat aholini simpatiyasini qozondi, balki kompaniya va uning mahsulotini mashhur
bo’lib ketishiga yordam berdi.
Pilsbury ma’muriyati 17 kishidan iborat huquqiy bo’limiga murojaat qildi,
Richard Vegenerdan Ben & Gerry bilan bog’liq muammolardan qutqarishni so’radi.
Vegener darhaol muammoni o’rganib chiqdi. “Bu nizo predmetidan ko’ra ijtimoiy fikr
muhimroq”- dedi Vegener. O’rtaga Pilsbury obro’si qo’yilgandi. Aholi simpatiyasi
Ben & Gerry tomonda bo’lganligi sababli Vegener Xeliga chekinishni maslahat berdi.
118
Kevin Xeli kompaniya distribьyutorlarga bosim o’tkazmasligi to’g’risida bitimni
imzoladi. Jang tugadi, Ben & Gerry g’olib chiqdi. Bu nizoda Pilsbury mag’lubiyaiga
uchradi, Ben & Gerry esa juda mashhur bo’lib ketishdi.