126
mustaqil ish natijalarini bezash bo’yicha o’quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar,
referatlar, o’quv loyihalari va boshqalar).
Mustaqil ta’limning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu
metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to’g’ri baho berish,
ushbu axborotdan o’zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi.
Qo’lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish
amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan sifat ko’rsatkichlarini ta’minlaydi.
Mustaqil ta’limning muhim metodlaridan biri talabalarning o’zaro muloqatidir.
Mustaqil ta’limning pirovard maqsadi talabalarning ijodiy izlanishiga, o’z ustida
ishlashga, xar tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
Mustaqil ishning o’ziga xosligi shundaki, o’quv faoliyatining bu qismi
talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o’qituvchilarning nazorati
asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestrlar bo’yicha belgilangan soatlar hajmiga
ko’ra amalga oshiriladi. Xususan, bakalavriat bosqichi
5230200 – Menejment (ishlab
chiqarish)
ta’lim yo’nalishi uchun “Strategik menejment” fani bo’yicha mustaqil
ishlarning umumiy hajmi o’quv rejada 5 semestr uchun 52 soat, 6 semestr uchun 54
soat miqdorida belgilangan.
Dostları ilə paylaş: