Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

 
Strategiya yaratishga turli xil yondoshuvlar 
 
Strategiya to’zishga yondoshuvlar quyidagicha bo’ladi
12

1)
Bosh strategik yondoshuv - bunda strategiyani boshliqning o’zi ishlab chiqadi. 
Bunday xolda boshqaruvchi axvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya 
detallariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida chiqadi. 
2)
Vakolatlarni berish yondoshuvi - bunda strategiyani to’zish xodimlarga yoki 
komissiyaga topshiriladi. Bunday xolda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab 
chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish bo’yicha personalga yoki 
ishonch bildirilgan xodimlardan to’zilgan maxsus komissiyaga topshiradi. 
3)
Qo’shma (kollaboratsion) yondoshuv - bu avvalgi ikki yondoshuv o’rtasidagi 
oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki, strategiyani ishlab 
chiqish kimlarga topshirilgan bo’lsa, uni ushalarning o’zlari bajarishlari kerak bo’ladi. 
4)
Tashabbusli yondoshuv. Bunday yondoshuvda boshqaruvchi kelishilgan 
strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan xam, 
«g’oyalar generatorlari» guruxini boshqarishdan xam manfaatdor emas. Bilaks, 
boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab chiqish, ximoya qilish va xayotga tadbiq etish 
uchun menejerlarni o’zlarini safarbar etadi. Strategiyani ishlab chiqish uchun 
boshqaruvchilar foydalanishlari mumkin bo’lgan turt asosiy yondoshuvning birortasi 
xam eng yaxshi yondoshuv sifatida yo’zaga chiqmaydi. Ularning xar birini kuchli va 
kuchsiz tomonlari mavjud. 
Kompaniya va boshqaruvchilar strategiyani ishlab chiqish bo’yicha variantlarni 
turlicha 
bajaradilar.Kompaniya 
egasi 
tomonidan 
boshqariladigan 
kichik 
kompaniyalarda strategiyani ishlab chiqish norasmiy kechadi. Yirik Korxonalar 
strategiyani xar yili rejalashtirish ishlab chiqishga moyildir. Strategiyani belgilashning 
tashkiliy jarayonida boshqaruvchilar shaxsan qatnashadilar. 
Strategiya ma’naviy jixatdan sog’lom bo’lishi kerak. Kompaniyaning xar bir 
xarakati axloq-odob, ma’naviyat doirasida bo’lishi lozim. Kompaniya mulkdorlar, 
xizmatchilar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar va jamiyat oldida burchlidir. 
Kompaniyaning yetkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor munosabatlariga quriladi. 
Kompaniya bilan yetkazib beruvchi xam sherik, xam o’zaro raqibdir. SHuning uchun 
ular o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim. 
Jamiyat nazarida xar bir kompaniya «yaxshi fuqaro» tushunchasiga mos bo’lishi, 
o’z vazifalarini xalollik bilan bajarishi, ya’ni soliqlarni o’z vaqtida to’lashi lozim. 


13
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.62 
39 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin