36
erishish uchun muxim deb xisoblagan xar bir muxim natija uchun zarurdir. Maxsus
muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi,
investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning o’lchamlarini,
sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro’sini,
beqaror
iqtisodiyotda
ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni,
istemolchilarga xizmat ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini
o’z ichiga olishi mumkin.
Mashxur kompaniyalarning maqsadlariga misol keltiramiz
9
:
Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi
transport kompaniyasi
bo’lish
Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish.
General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya
biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o’rinni
egallash.
Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish
va oltin ishlab chiqarish xajmini yiliga 125000 untsiyaga yetkazib, 1500000 untsiyaga
teng oltin zaxirasiga ega bo’lish.
Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni globallashtrishni
davom ettirish
Bu yerda ham o’zoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi.
O’zoq muddatli maqsadlar ikki xil bo’ladi: birinchidan, ular o’zoq
muddatli
maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko’rsatadi, ikkinchidan
bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni o’zoq muddatli istiqbolni xisobga olgan
xolda bugungi qarorlarni qabo’l qilishga undaydi.
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga
zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular
tashkilotga tanlab olingan
yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni xam, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning
talab qilingan darajasini xam (qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini)
ko’rsatadilar.
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. Ba’zi
kompaniyalarning menejerlari xar bir xal qiluvchi natija uchun maqsadlar belgilaydilar
va so’ngra erishish lozim bo’lgan maqsadlar sari qat’iy xarakat qiladilar. Odatda ular
menejerlari umidga, iltimosga va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga
qaraganda g’oliblikka yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu yerda «daromadni
maksimallashtirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo
xajmini oshirish» kabi iboralarni ishlatmaslik kerak.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning
barcha tabaqalari
uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun
vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi
(bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi).
Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini xisobga olish.
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z
investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar. Kompaniyaning
aktsionerlari uning qonuniy mulk egalari xisoblanadilar. Binobarin, ko’pchilik
korporatsiyalarning
maqsadi
aktsionerlarning
daromadlarini
imkon
qadar
ko’paytirishdan iboratdir. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda oladilar:
9
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.40
10
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.43
11
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.46
37
-
dividendlardan;
-
bozorning ko’lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda)
kapitalning qiymati ortishidan
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yo’li
investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish
strategiyasidan foydalanishdir, bu esa
kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikatordir, ya’ni uning
samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, dividend to’lash qobiliyati
shunchalik yuqori
bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga
bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.
Dostları ilə paylaş: