78
Mavjud korxonani «yutib yuborish» eng ommaviy usul bo’lib,
yangi bozorga
tezroq kirish ustunligiga ega. SHuningdek u texnologik qoloqlikni tugatish,
ta’minotchilar bilan aloqalar bog’lash, yangi tarmoqda raqobatbardoshlikka
erishish
kabi tusiqlarni yengish uchun yordam beradi. Ko’ptarmoqlarda zarur axborot bazasini
rivojlantirish, o’zini resurslar bilan ta’minlash va jiddiy raqobatchi obrusini egallash
uchun korxonalarga bir necha yil kerak bo’ladi.
«Noldan boshlash» diversifikatsiyasi tanlangan tarmoqda «bosh»
kompaniya
boshchiligida yangi kompaniya to’zishni ifodalaydi. Bu kuyidagi xollarda jozibali
xisoblanadi:
-
bunda yetarli vaqt bo’lgan taqdirda;
-
yangi korxonaning bozorni egallashga bo’lgan
xarakatlariga raqobatchi
korxonalar reaktsiya bildirmaydilar.
Bunday yul bilan bozorga chiqish boshqa kompaniyani sotib olishdan arzonga
tushadi.
Korxona samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yetarli tajribaga ega bo’ladi.
Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish
tarmoqdagi talab va taklif
muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Maqsadli tarmoqda nisbatan katta bo’lmagan korxonalar bo’lganligi uchun yosh
kompaniyalarga yirik raqobatchilar bilan raqobat qilishiga to’g’ri kelmaydi.
Qo’shma korxonalar tuzish quyidagi xollarda foydali samara berishi mumkin.
Qo’shma korxona - bu yakka tartibda biror bir narsani qilish xavfli yoki tejamsiz
ekanligida yaxshi usuldir.
Qo’shma korxonalar resurslarni birlashtirish yanada kuchliroq raqobat
ustunliklariga ega bo’lgan tarkibni yaratadigan taqdirda qulaydir.
Xorijiy xamkorlar bilan qo’shma korxonalar ba’zida import kvotalarini, tariflarni
milliy-siyosiy manfaatlar va madaniy tusiqlarni yengib o’tishning
yagona imkoniyati
bo’lib xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: