83
asosida to’zilishi mumkin. Eng axamiyatli ko’rsatkichlar bo’lib, tarmoqning o’sish
sur’atlari, biror ulushi, tarmoqning o’zoq muddatli jozibaliligi, raqobatbardoshlik va u
yoki bu mahsulot va bozorning rivojlanish bosqichi kabilar xisoblanadilar. Odatda
matritsaning bir chizig’i tarmoqning jozibaliligini ko’rsatsa,
boshqasi undagi aniq
faoliyat turlarining axvolini ko’rsatadi. Xo’jalik portfeli matritsalarining quyidagi
xillari eng ko’p qo’llaniladi:
« o’sish / o’lush» matritsasi;
«tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi axvoli» matritsasi;
tarmoqning xayotiy tsikli matritsasi;
Mak Kinsey matritsasi.
Eng keng qullaniladigan birinchi matritsa - ishbop faollik portfeli matritsasi turtta
kvadrantdan iborat bo’lib, yetakchi konsalting kompaniyasi «Boston
Konsalting
Group» (BKG 12-rasm) tomonidan ishlab chiqilgan. O’q chiziqlarda tarmoqning
o’sish sur’atlari va bozorning nisbiy ulushi qayd qilinadi. Xar bir xo’jalik qismi doira
shaklida ifodalangan bo’lib, uning xajmi korporatsiyaning barcha turdagi faoliyatidan
olingan umumiy foydasida mazkur qism foydasining ulushi bilan belgilanadi. Mazkur
xo’jalik birligi
bozor ulushini dollarda emas, nisbiy birlikda ifodalangan va asosiy
raqobatchining nazoratidagi bozor ulushiga bo’lgan nisbati
bozorning nisbiy ulushi
xisoblanadi. Masalan, agar «A» biznes bozorning umumiy xajmini 15 % ni egallagan
bo’lsa, yirik biznes «V» ning ulushi 30 % bo’lsa unda «A» biznesning bozordagi
nisbiy ulushi 0,5 foizni tashkil etadi. Agar, «A» biznes bozorda eng katta - 40 %
ulushga ega bo’lib, asosiy raqobatchi 30 % ulushga ega bo’lsa, unda «V» biznes uchun
bozorning nisbiy ulushi 1,33 ga teng bo’ladi. SHunday qilib, faqatgina mos sohalarda
bozor ulushi bo’yicha ilg’or bo’lgan tarmoqlarda bozorning nisbiy ulushi 10 dan
yuqori bo’ladi va aksincha ulardan ustun xisoblangan
bitta yoki bir nechta
raqobatchilarga bo’lgan qismlarda 1,0 dan past bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: