Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


G’olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

 
G’olib strategiya mezonlari. Muvofiq kelish darajasi. Raqobat 
kurashida ustunlik. Ishlarning jadallashuvi 
 
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini raxbarlikning barcha tabaqalari 
uchun kompleks ravishda belgilab olish muximdir. Bu barcha menejerlar uchun 
vazifalarni aniqlashtirishdan tashqari, ularga erishishning realligini ham ta’minlaydi 
(bu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar xam ishtirok etadi)
14

Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini xisobga olish. 
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z 
investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar. Kompaniyaning 
aktsionerlari uning qonuniy mulk egalari xisoblanadilar. Binobarin, ko’pchilik 
korporatsiyalarning 
maqsadi 
aktsionerlarning 
daromadlarini 
imkon 
qadar 
ko’paytirishdan iboratdir. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda oladilar: 
-
dividendlardan; 
-
bozorning ko’lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda) 
kapitalning qiymati ortishidan 
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yo’li 
investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir, bu esa 
kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikatordir, ya’ni uning 
samaradorligi qanchalik yuqori bo’lsa, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori 
bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga 
bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi. 
 
Strategik menejmentni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida 
ishlab chiqish 
 
Korxonaning o’zoq muddatli rejalari aniq o’lchanadigan konkret vazifalarga 
aylantirilmaguncha missiya va Korxonaning kelajak niyatlari chiroyli so’zlar bo’lib 
qolaveradi. 
Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning xal qiluvchi daqiqasidir. 
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aktsionerlarining manfaatlariga qanday 
qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik 
Korxonaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristiqalarini va uning yetakchi 
falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun 
tashkiliy mazmun kasb etadi. 
Korporativ maqsadga yo’nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan 
iborat: 

Korxonaning biznesini aniqlash 

uning asosiy maqsadlarini belgilash 

korporativ falsafani aniqlash. 
14
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland .p 65 


41 
Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi 
va ichki guruxlar ta’sir ko’rsatadi (4-rasm.) 
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim: 
-
Bizning biznesimiz nimadan iborat? 
-
U qanday bo’ladi? 
-
U qanday bo’lishi kerak? 
Birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz 
nimadan iborat?» degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga javob topishni 
taqozo etadi: 
-
kimning ehtiyoji qondiriladi (istemolchilarning qanday guruxlari)? 
-
qanday extiyojlar qondiriladi (istemolchilarning qaysi extiyojlari)? 
-
istemolchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san’at yoki farq qiluvchi 
ustunliklar)? 
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?» degan 
savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak: 
-
xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun istemolchiga yo’naltirilgan (birgina biznes 
bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham); 
-
korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeliga yo’naltirilgan. 
Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-
kompaniya portfelining maqsadlari; 
-
xo’jalikning o’rta bug’inlari portfeli diversifikatsiyasi; 
-
portfeldagi xo’jalikning o’rta bug’inlari o’rtasidagi balans. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin