Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo
bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini to’liq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi
jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab
qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam
bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin.
Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.
Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra kuyidagilarga bo’lanadi
24
:
1.
SHavqatsiz raqobat
2.
Intensiv raqobat
3, Meyordagi raqobat
4. Jalb qiluvchi zaif raqobat
Bozorga yangi kirib kelgan Korxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday
Korxonalarbozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi
raqobatchining paydo bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq:
2.
Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar:
Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi:
Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar quyidagicha bo’ladi:
Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda
ishlayotgan katta xajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi Korxona
esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.)
Texnologiya va NOU XAU ga erishishning imkoniyati yo’qligi:
«O’qitish/Tajriba» egri chizigining samarasi:
Xaridorlarning ma’lum markalariga moyilligi:
53
Korxona xajmlariga bog’liq bo’lmagan xarajatlarning teng emasligi:
Sotish kanallariga kira olish:
Nazorat qiluvchi organlarning xarakatlari . (litsenziya, ruxsatnomalar)
Tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi qonunchilik,
maxalliy Korxonalarning majburiy qatnashishlari)