Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Kompaniyalar axvolini tahlili 
Strategik qiymatli tahlilda asosiy etibor Korxonaning o’z raqiblariga nisbatan 
qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday tahlilning birlamchi tahliliy yondashuvi 
qiymat zanjirini yasash bo’lib, ushbu zanjir xom ashyodan pirovard istemolchilarning 
narxlarigacha bo’lgan qiymat manzarasini aks ettiradi (4.2-jadval). Ushbu jadval 
xarakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi Korxonalar bir-biridan eng katta farq 
qiladigan uchta asosiy soha borligini ko’rsatadi: ta’minot sohasi, 
taqsimot 
kanallarining ilg’or qismlari, kompaniyaning o’z ichki faoliyati. Agar Korxona 
zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni kuldan boy bersa, u 
raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida o’z ichki xatti-xarakatlarini o’zgartirishi 
mumkin. 
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, Korxona quyidagi olti 
xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin
32

-
yetkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi; 
-
yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib 
borishi; 
-
moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi; 
-
arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi; 
-
taqsimotning narxlari maqbo’l bo’lgan yangi manbalarini topishi; 
-
zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi 
mumkin. 
Qiymat bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki 
sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 
-
byudjetning ichki moddalarini taftish qilish
-
ishchilarning va qimmatbaho asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini 
kutarishga urinish; 
-
ba’zi texnologik jarayonlarni Korxonaning o’zida emas, balki chetda bajarish 
foydaliroq bo’lish-bo’lmasligini o’rganib chiqish; 
-
resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash; 
-
qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob- 
uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida ko’rib chiqish; 
-
mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo; 
32
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.174 


62 
Korxonaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash. 
Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning 
raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish xam talab qilinadi. U 
quyidagi savollarga javob berishi kerak: 
-
Korxonaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli? 
-
bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday 
o’zgarishini kutish mumkin? 
-
Korxonaning qanday raqobat ustunliklari bor? 
Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib 
borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z 
strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga 
oid chora-tadbirlarni kurishi lozim. 
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan 
bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi. 
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, 
ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin