54
SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities
(qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) so’zlaridan tuzilgan akronimdir.
Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan,
tashqi muxiti esa O va T
ko’rsatkichlarda ifodalanadi. 4.1-jadvalda SWOT-tahlilda xisobga olish maqsadga
muvofiq bo’lgan asosiy omillar keltirilgan.
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir,
chunki ular strategiyaning
poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu
jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib
chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo’lgan ishlarga
yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga
xos jixatlarini aniqlash
aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir,
chunki:
-
noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish
imkoniyatini beradi;
-
bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
-
potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning
qulay imkoniyatlaridan
farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar
raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan
kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
-
kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki
ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech
qanday ajralib turuvchi
ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga
aylanishi mumkin?
-
kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular
ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan
kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak?
-
qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat
qozonishga imkoniyat
yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay
imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning
boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga
yaxshiroq yoki
yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
-
menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi
tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?
Dostları ilə paylaş: