Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Nazorat uchun savollar 
 
1.
Tarmoqni ta’riflovchi asosiy ko’rsatkichlar qanday? 
2.
Tarmoqda qanday raqobat kuchlari bo’ladi? 
3.
Tarmoqdagi raqobat kuchlari nisbati nimalar o’zgartirib yuborilishi mumkin? 
4.
Qanday kompaniya kuchli yoki zaif mavqega ega bo’ladi? 
5.
Muvaffaqiyatning kalit omili nima? 
6.
Tarmoqning jozibadorligi qanday aniqlanadi? 
4-MAVZU. KOMPANIYА HOLATI TAHLILI 
Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi 
 
Amaldagi strategiya qay darajada samarali? 
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada? 
 
Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi? 
 
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam? 
 
Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi? 
Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. 
Yordamchi faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Muvaffaqiyatning kalit omillari. 
Muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxatini to’zish tartibi 
 
Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun 
qo’yiladigan savollar. Kompaniya avvalgi strategiyasini amalga oshira oladimi? 
 
Kompaniyalar ahvolini tahlili 
 
Tayanch iboralar:strategik pozitsiya, baholash, raqobat pozitsiyasi, 
strategiya samarasi, kuchli va zaif tomonlar, strategik muammolar, qadriyatlar 
zanjiri 
 
Kompaniya strategik pozitsiyasini baholashuslubi 
 
Bu mavzuda kompaniya holati tahlilining uslubiyatini ko’rib chiqamiz. Bu 5 ta 
savolga kelib taqaladi
25

1)
Amaldagi strategiya qay darajada samarali? 
2)
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada? 
3)
Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi? 
4)
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam? 
5)
Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ? 
Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy asbobdan foydalaniladi: SWOT - 
tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baholash. 
SWOT-tahlil. 
 
25
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.140 


54 
SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities 
(qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) so’zlaridan tuzilgan akronimdir. 
Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan, tashqi muxiti esa O va T 
ko’rsatkichlarda ifodalanadi. 4.1-jadvalda SWOT-tahlilda xisobga olish maqsadga 
muvofiq bo’lgan asosiy omillar keltirilgan. 
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, 
chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu 
jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib 
chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo’lgan ishlarga 
yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga xos jixatlarini aniqlash 
aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, 
chunki: 
-
noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish 
imkoniyatini beradi; 
-
bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi; 
-
potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin. 
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan 
farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar 
raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan 
kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi. 
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: 
-
kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki 
ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi 
ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga 
aylanishi mumkin? 
-
kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular 
ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan 
kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak? 
-
qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat 
yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay 
imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning 
boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki 
yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi. 
-
menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi 
tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim? 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin