Amaldagi strategiya qay darajada samarali? Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baholash uchun quyidagilar
muxim:
1)kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash;
2)kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash;
3)kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar sohasidagi
funktsional strategiyalarini baholash;
Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan
iborat:
1)
kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni;
2)
foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday
ko’rsatkichlariga nisbatan qanday;
3)
sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi;
4)
kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki
sekin o’syaptimi;
5)
kreditlar xajmi;
6)
Korxonaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;
7)
kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat
ko’rsatishda yetakchiligi va xokazo.
Qullanilayotgan strategiyani baholash. Qullanilayotgan strategiyani baholash uchunkompaniya qanday strategiyaga
amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:
-
arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;
-
raqobatchilardan farq qilib turish;
-
istemolchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish.
Tarmoqdagi
raqobatli
vaziyatning
yana
bir
xarakteristiqasi
vertikal
integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir. Bu yerda ishlab
chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish sohalaridagi yordamchi
strategiyalarni tahlil qilish lozim.
Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli
ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon
beradigan sunggi amaliyotini tahlil qilib chiqish kerak.
Strategik faoliyatning eng aniq ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
-
Korxona nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;
-
Korxona oladigan daromad xajmining o’sishi yoki usmayotganligi xhamda bu
daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi;
-
Korxonada sof foyda tendentsiyalari xamda investitsiyalarning qaytish tezligi
qanday;
57
-
Korxonada savdo xajmining bozordagi umumiy o’sishga nisbatan tez yoki
sekin usayotganligi va xokazo.
Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday radikal o’zgarishlarni talab
qilmaydigan strategiyadir.