79
ustunligidan
foydalanish, shuningdek investitsiyalash xavfini turdosh tarmoqlardagi
korxonalar bilan bo’lishish imkoniyatini beradi.
Qachonki ikkita korxonaga raxbarlik qilish,
ularning aloxida
faoliyat
ko’rsatishiga nisbatan arzonga tushsa, shundagina turdosh diversifikatsiyalashda
faoliyat miqyoslaridagi tejamkorlik mavjud bo’ladi.
Turdosh tarmoqlar o’rtasidagi strategik muvofiqlik quyidagilar xisobiga raqobat
ustunligi uchun saloxiyatni vujudga keltiradi:
a)
ancha past ishlab chiqarish xarajatlari.
b)
bir tarmoqdan ikkinchisiga asosiy
malaka va tajriba, texnologik xususiyatlar,
boshqaruv nau-xaularini samarali o’zatish.
v)
umumiy tovar markasidan foydalanish imkoniyatlari.
Biznesning yaqin sohalaridagi strategik muvofiklik xisobiga erishilgan raqobat
ustunligi individual ishlab chiqarishga qaraganda qushimcha saloxiyat beradi.
Raqobat ustunligining qushimcha manbasi aktsiyalar daromadliligi bo’yicha
2+2=5 samarasini olish imkonini beradi.
Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalashning eng tarqalgan yo’llari quyidagilar:
Sotish imkoniyatlari va reklama faoliyatidan birgalikda foydalanishi mumkin
bo’lgan tarmoqlarga kirish.
Turdosh texnologiyalardan foydalanish.
Nou-xau va tajribalarni bir faoliyat turidan boshqa faoliyat turlariga o’tkazish.
Yangi mahsulotga korxonaning nomi va istemolchilarning ishonchini o’tkazish.
Faoliyatning asosiy turini quvvatlash uchun yangi tarmoqlarda xarid qilish.
Dostları ilə paylaş: