Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Vertikal integratsiya 
 
Vertikal integratsiya - shunday usulki, bu usul yordamida kompaniya 
texnologik zanjirda o’z chiqish bosqichlarini (orqa integratsiya) yoki uning kirish 
bosqichlarini (oldinga integratsiya) tashkil qiladi. 


77 
7.3.-rasm. Texnologik zanjirning bosqichlari va vertikal integratsiya yo’nalishlari 
Integratsiya to’liq va tor bo’lishi mumkin. Tuliq integratsiyada barcha kirish 
yoki chiqishlar birlashadi. Tor integratsiyaga kompaniyaning kirish elementlarining bir 
qismini sotib olishi va qolganlarini o’z kuchlari bilan ishlab chiqarishi misol bo’la 
oladi. 
Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda o’zining asosiy 
dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izoxlanadi. 
Bunga quyidagilar sabab bo’ladi: 
-
xarajatlardan tejash; 
-
integratsiyalanayotgan ishlab chiqarishlarda bozor qiymatidan chetlanish; 
-
sifat nazoratini yaxshilash; 
-
o’z texnologiyasini ximoyalash. 
Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari xam bor. Ularning ichida eng 
muximi quyidagilardir: 
-
ortiqcha xarajatlar; 
-
texnologiyalar tez almashgandagi yuqotishlar; 
-
talabning mavxum bo’lgandagi yuqotishlar. 
Agar kompaniyaning tashqi arzon ta’minot manbalari mavjud bo’lib, o’z ishlab 
chiqarishidan foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni ko’paytirib yuborishi 
mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yuqligi sababli xam yo’z berishi mumkin 
bo’lib, bu uning shu’ba korxonalarini (etkazib beruvchilarni) ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirishga undamaydi. 
Texnologiya keskin o’zgarganda kompaniyaning eskirgan texnologiyaga 
bog’lanib qolish xavfi vujudga keladi. 
Talab doimiy bo’lganda yuqoriroq integratsiya darajasi mahsulot ishlab 
chiqarishni ishonchliroq ximoyalash va muvofiqlashtirishga imkon beradi. Talab 
beqaror va mavxum bo’lganda vertikal integratsiyada bunday muvofiqlashtirish qiyin 
bo’ladi. Bu boshqaruv qiymatining o’sishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda 
tor integratsiya to’la integratsiyaga qaraganda xavfsizroq bo’lib chiqishi mumkin. 
SHuni xam qayd qilib o’tish lozimki, tor integratsiya to’la integratsiyaga 
qaraganda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ma’lum sharoitlarda 
kompaniyaga vertikal integratsiyani kengaytirishga imkon beradi. 
Ammo, umuman olganda, tor integratsiya boshqaruv xarajatlarini kamaytirishi 
mumkin bo’lsa-da, u xarajatlarni batamom bartaraf qila olmaydi. 
Kompaniya bunga teskari strategiya sifatida yetkazib beruvchilar yoki 
istemolchilar bilan o’zoq muddatli kontraktlardan foydalanishi mumkin. Bunday 
aloqalar kredit majburiyatlardan yoki ishlab chiqarishni rivojlantrishga garov 
investitsiyalardan foydalanishda ayniqsa katta samara beradi. 
Bu boshqaruv xarajatlarini oshirmay turib, vertikal integratsiya samarasiga 
erishishga imkon beradi. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin