Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Nazorat uchun savollar 
1.
Korxona ishlayotgan tarmoqni qanday ta’riflash mumkin? 
2.
Korxonaning tarmoqdagi ahvoli qanday baholanadi? 
3.
Korxonaning tarmoqdagi mavqei va strategik imkoniyatlari o’rtasida 
qanday bog’lanish bor? 
4.
Hujumkorlik strategiyasini qachon qo’llash lozim? 
5.
Tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarga nimalar kiradi? 
6.
Korxonaning strategik harakatlari deganda nimani tushunasiz? 
7-
 
MAVZU. DIVERSIFIKATSIYАLASHNING KORPORATIV 
STRATEGIYАLARI
 
 
Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi 
 
Diversifikatsiyalashni qo’llash 
 
Vertikal integratsiya 
 
Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi 
 
Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi 
 
Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi 
 
Qiskartirish va tugatish strategiyasi 
 
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi 
 
Ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi 
 
Tayanch iboralar: korporatsiya, diversifikatsiya, vertikal integratsiya, yangi 
tarmoqlarga kirish strategiyasi, turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash 
strategiyasi, noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash strategiyasi, qisqartirish 
strategiyasi, tugatish strategiyasi, qayta tarkiblashtirish strategiyasi, ko’pmillatli 
diversifikatsiyalash strategiyasi 
 
 
Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi 
 
Ko’pchilik kompaniyalar o’z faoliyatlarini katta bo’lmagan tor ixtisosli korxona 
sifatida maxalliy va xududiy bozorlarga xizmat ko’rsatib boshlaydilar. Boshlangich 
bosqichda mahsulot assortimenti katta bo’lmaydi, o’z mablag’lari cheklangan, raqobat 
pozitsiyalari zaif bo’ladi. Ko’p yosh kompaniyalar bozordagi ulushini oshirib va 
xaridorlar etiborini qozona borib, odatda sotuv xajmlarini oshirishga xarakat qiladilar. 
Narx, sifat, xizmat ko’rsatish va reklama xaridorlar manfaatlariga buysundiriladi. 
Keyingi bosqichda geografik ekspansiya uchun imkoniyatlar axtariladi. U 
shunday davomiylikda kechadi: maxalliy, xududiy-milliy-xalqaro bozorlar. Bozorlarga 
kirib borish darajasi rentabellik darajasiga bog’lik ravishda o’zgarib turadi. 
Kompaniya bir tarmoqning imkoniyatlaridan foydalanib, daromad olib turar 
ekan, diversifikatsiyani amalga oshirishning xech qanday zaruriyati yuq. Lekin, o’sish 
saloxiyati qisqarib borar ekan boshqa sohalar faoliyatiga diversifikatsiya qilish 
strategik jixatdan o’zini oqlaydi yoki to’gri bo’ladi. 
Bunday strategik imkoniyatlar turlichadir. Kompaniya turdosh tarmoq kabi o’zi 
uchun butunlay yangi bo’lgan tarmoqqa xam diversifikatsiya qilishi mumkin. Buni 
katta va katta bo’lmagan xajmlarda amalga oshirish mumkin. 


73 
МВС 
МВС
1
d
1
d
2
d
3
МВА 
Biznesning bir turida faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar o’zoq yillar 
diversifikatsiyasiz amal qilib xavas qilarli natijalarga erishishlari mumkin. Bunga 
misollar ko’p. Bir sohada kontsentratsiya - jamlanish kator foydali tashkiliy va 
boshqaruv ustunliklariga egadir. Birinchidan, kontsentratsiya «biz kimmiz va nima 
bilan shug’ullanamiz» degan savoldagi mavxumiylikni istisno qiladi. Bunda barcha 
kuch biznesning bir turiga yunaltiriladi va raxbariyatning xatti-xarakatlari boshqa 
sohalarga «sochilib ketish» extimoli bo’lmaydi. 
Ikkinchidan, bir sohada jamlanish jiddiy rag’batlar borligini ko’zda tutadi. Ular 
menejerlarni bir daqiqalik foyda olishga emas, korxonaning tarmoqdagi raqobat 
pozitsiyalarini o’zoq kelajakda xam mustaxkamlashga ragbatlantiradi. 
Boshqa tomondan, bir yunalishda jamlanish, uning xarakatlarini bir tomonga 
yunaltirish kompaniya uchun katta tavakkalchilik bo’lib xisoblanadi. Obrazli qilib 
aytganda «uning, korxonaning barcha tuxumlari bir savatda bo’ladi». 
Marginal qo’shimcha 
boshqaruv xarajatlari 
Divertsiyalash 
xarajatlari 
7.1.-rasm. Sarflangan kapital birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha foydaning 
diversifikatsiyalash xarajatlariga bog’liqligi 
Sekin o’sayotgan tarmoq sharoitida kuchli kompaniyalar diversifikatsiyani 
boshlash uchun naqd pul ortiqchaligidan foydalanish imkoniyatini ko’rib chiqishlari 
kerak. Diversifikatsiyani boshlash masalasi qisman kompaniyaning mazkur tarmoqda 
o’sish imkoniyatlariga, qisman uning raqobat pozitsiyalariga bog’likdir. Korxona 
o’zining asosiy ustunliklaridan samarali foydalana oladigan sohalarga diversifikatsiya 
qilishi eng yaxshi strategiya bo’lib xisoblanadi. Lekin korxona uchun butunlay yangi 
bo’lgan tarmoqlarga diversifikatsiyalash, turdosh tarmoqlarning birortasiga xam o’sish 
istiqbollarini ta’minlay olmay qolgan taqdirda ko’zda tutilishi kerak. SHunday qilib, 
«qachon diversifikatsiyalash kerak?» degan masalani xal etish, bir tomondan 
korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasiga, boshqa tomondan tub tarmoqdagi 
qolgan 
imkoniyatlariga 
bog’liqdir. Kompaniyalar diversifikatsiyani amalga 
oshirishlarining aniq belgilangan vaqti yuq. 
Kompaniyalar uchun o’zoq muddatli daromadni maksimallashtirishning ma’nosi 
shuki, kompaniya odatda o’z bozori doirasida narxdagi ustunlik, tabaqalashtirish va 
fokuslanish strategiyalari vositasida yaxshi raqobatlashadi. Ammo bu strategiyalar 
(sotishda va ta’minotda strategik ustunliklarga ega bo’lish uchun) oldinga va orqaga 


74 
vertikal integratsiyani ham o’z ichiga olishi mumkin. Yana bir imkoniyat kompaniya 
faoliyatini diversifikatsiyalashdir. 
Kompaniyaning o’sishi va rivojlanishi odatda uchta asosiy bosqichdan iborat: 
-
milliy bozorda yakka biznesga ixtisoslashish; 
-
vertikal integratsiya, yoki asosiy biznesdagi eng kuchli pozitsiya tomon global 
ekspansiya; 
-
erkin resurslarni biznesning boshqa turiga investitsiyalash yuli bilan 
diversifikatsiyalash. 
Bularning barchasi kompaniyaning o’sishiga olib keladi, ammo 
«Diversifikatsiyalash darajasi» oshgan sari kamayuvchi qaytim «qonuni»ni nazarda 
tutish kerak. 
Ma’lum bir nuqtadan so’ng ekstensiv diversifikatsiyalash, vertikal integratsiya va 
biznesning baynalminallashuvi sarflangan kapital birligiga to’gri keladigan 
daromadlarning kamayishiga olib keladi, chunki kompaniya birinchi navbatda eng 
daromadli qulay imkoniyatlarni amalga oshiradi, so’ngra eng kam daromad keltiruvchi 
imkoniyatlar qoladi, bu esa korxonaning o’sish imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Buni 
8-rasmda ko’rishimiz mumkin. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin