Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi 
 
Ba’zi tarmoqlar yo’z, xatto minglab kichik va o’rtakorxonalardan iborat bo’ladi. 
Ularning ko’pchiligini xususiy korxonalar tashkil etib, ularning birortasi xam 
tarmoqdagi umumiy sotuv xajmida sezilarli rolь uynamaydi. Bo’lib tashlangan 
tarmoqning asosiy farklanadigan xususiyati, unda yetakchilarning yuqligidir. Bunday 
tarmoqlar katoriga kitob nashriyotlarini, neftni tanker bilan tashish, avtomobillarni 
ta’mirlash, tez xizmat ko’rsatadigan restoran va kafelar, xususiy korxonalarda 
buxgalterlik xizmatlari, ayollar kiyimlarini tikish ustaxonalari, mexmonxona va 
otellar, mebelь ishlab chiqarish, karton kutichalar tayyorlash, ozik-ovkat tovarlarini 
kadoklash kabilarni kiritish mumkin. 
Tarqoq tarmoqlarda raqobat kurashi o’rtacha kuchlidan shiddatligacha bo’lishi 
mumkin. Tarqoq tarmoqlarga to’g’ri keladigan raqobat strategiyasining extimoldagi 
variantlariga kuyidagilar kiradi: 
1.
Namunali sharoitlarni yaratish va ulardan foydalanish. 
2.
Past xarajatlarni ta’minlash. 
3.
Integratsiya yuli bilan xaridor uchun foydani oshirish. 
4.
Tovar turiga ixtisoslashish. 
5.
Xaridor turiga ixtisoslashish. 
6.
CHeklangan geografik xududlarga fokuslash. 
Tarmoqning tarqoqlik sharoitida korxonada strategik tanlash erkinligi mavjud: 
ya’ni keng marketing maqsadlarini ko’zlash, xarajatlarning raqobat ustunligi yoki 
tabakalashtirishdan foydalanish. 
Tarqoq tarmoqlarda bir vaktning o’zida ko’p strategik yondoshuvlardan 
foydalanish mumkin bo’ladi. 
 
Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi 
 
Korxonalarning xalqaro bozorga chiqishlarini asosiy sabablari quyidagilardir: 

yangi bozorlarni egallash, 


70 

boshqa mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish xuquqini olish yoki 
yana xam past xarajatlarga erishish zaruriyati. 
Sanab o’tilgan xar bir holatda dunyo bozoriga chiqish strategiyasi mavjud 
sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi raqobat strategiyalarini ishlab 
chiqishga milliy bozorlardagiga qaraganda ancha qattik talablar quyadi. Bir mamlakat 
bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farqlariga xaridorlarning didlari, sotish 
kanallari, o’sish istiqbollari, xarakatlantiruvchi kuchlar va raqobatchilarning ta’ziqlari, 
milliy bozorlardagi sharoitlardan qanchalik farqlanishi kiradi. Bundan tashqari bunday 
farqlarga xalqaro operatsiyalarning turtta xarakterli xususiyatlari xam kiradi. 
1.
Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini xar-xilligi. 
2.
Valyuta kurslarining o’zgaruvchanligi. 
3.
Xukumatlarning savdo siyosati. 
4.
Xalqaro raqobatning xarakteri. 
Xalqaro bozorda raqobat global va ko’p millatli bo’ladi. Turli milliy bozorlarda 
raqobat sharoitlari bir-biri bilan o’zviy bog’langan taqdirda global raqobat mavjud 
bo’ladi. Bu esa xaqiqatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global 
raqobatning mavjud bo’lish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilg’or 
korxonalar o’zaro, bir-birlari bilan raqobat qilishi bilan ifodalanadi. Ko’p millatli 
raqobat davomida korxonalar milliy bozorda ilg’orlik uchun kurashadilar, global 
raqobatda esa korxonalar dunyo miqyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar. 
Dunyo bozorida korxona faoliyatining strategik imkoniyatlari mavjud bo’ladi: 
1.
CHet el korxonalariga uning mahsulotini ishlab chiqarish uchun uning 
xususiy texnologiyalaridan foydalanish xuquqini berish. 
2.
Milliy ishlab chiqarishni mustaxkamlash va xorij bozorlariga tovarlar 
chiqarish. 
3.
Ko’p millatli strategiya tomon yul tutmoq. Bunda korxona o’z faoliyatini 
amalga oshirayotgan xar bir davlat uchun aloxida strategiya ishlab chiqadi. Ayni 
paytda u mazkur davlatlardagi xaridorlar didlariga va raqobat sharoitlariga mos kelishi 
kerak. 
4.
Past xarajatlar global strategiyasiga yul tutmoq. 
5.
Tabaqalashtirishning global strategiyasiga yul tutmoq. 
6.
Fokuslashgan global strategiyasi tomon yul tutmoq. 
Kompaniya mustaxkam mavqega ega bo’lgan va katta foyda olayotgan 
mamlakat bozorlari «xazina» deb ataladi. Yaponiya yapon kompaniyalari uchun eng 
daromadli bozor bo’lib xisoblanadi. CHunki yapon qonunchiligi tomonidan yaratilgan 
savdo tusiqlari uni xorijiy raqobatchilardan samarali ximoya qiladi. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin