Urganch Davalat Universtiteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/10
tarix29.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#104612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha (Davis va b.k., 1981), a’lo chigit past va optimal haroratda o‘stirilganda, unib chiqqan va ildizi sog‘lom bo‘lgan nihollar soni bo‘yicha farq kuzatilmagan. Konditsion chigit ham bir xil miqdorda nihol bergan, ammo past haroratda ildizi mayiblari ko‘proq bo‘lgan. Sifati qisman pasaygan chigitning unib chiqishi ancha kamaygan va past haroratda ko‘pchilik nihollarning ildizi mayib bo‘lgan.

  • Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha (Davis va b.k., 1981), a’lo chigit past va optimal haroratda o‘stirilganda, unib chiqqan va ildizi sog‘lom bo‘lgan nihollar soni bo‘yicha farq kuzatilmagan. Konditsion chigit ham bir xil miqdorda nihol bergan, ammo past haroratda ildizi mayiblari ko‘proq bo‘lgan. Sifati qisman pasaygan chigitning unib chiqishi ancha kamaygan va past haroratda ko‘pchilik nihollarning ildizi mayib bo‘lgan.
  • Chigit yuvilgan suyuqlikning elektr o‘tkazuvchanligi tekshirilganda, a’lo sifatli chigit eng past, konditsion – biroz balandroq, sifati qisman pasaygan chigit esa ancha baland ball ko‘rsatgan.
  • Chigit sifatini o‘zlari tekshirishni xohlagan dehqrnlar (fermerlar) quyidagi tezkor usuldan foydalanishlari mumkin. Tuproq chelakda 130 °S da 1 soat zararsizlantiriladi va sovutib, tagi yassi biron idish (lagan, tos)ga solinadi. Chigit eqiladi, biroz suv beriladi va xona haroratida (taxminan 20 °S) o‘stiriladi. Unib chiqqan nihollar sanab boriladi va natijada, chigitning faqat sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan unish energiyasi va unuvchanligi aniqlanadi.

Chigit sifatini dastlabki aniqlash uchun uni kesib ko‘rish lozim; murtagi oq yoki sarg‘ishroq-oq bo‘lishi, qo‘ng‘ir, kulrang yoki qoraygan bo‘lmasligi kerak.

  • Chigit sifatini dastlabki aniqlash uchun uni kesib ko‘rish lozim; murtagi oq yoki sarg‘ishroq-oq bo‘lishi, qo‘ng‘ir, kulrang yoki qoraygan bo‘lmasligi kerak.
  • Kislota yordamida tuksizlantirilgan chigitni solishtirma og‘irligi asosida kalibrlash yordamida ham sifatli guruhlarga ajratish mumkin.
  • Omborxonalarda saqlanayotgan chigitning sifati pasayib borishi jarayonida undagi erkin yog‘ kislotalarining miqdori proporsional (mutanosib) ravishda oshib borishi ham chigit sifatining ko‘rsatkichi bo‘la olishi haqida dalolat beradi.
  • Nihol kasalliklarini kamaytirish maqsadida chigit tez unishi va o‘sishi uchun ob-havo qulay paytda ekish zarur. Bunday sharoitda nihollar kasallik uchun moyil bo‘lgan o‘sish fazalaridan tez o‘tib oladi va zararlanish ehtimoli kamayadi. Chigit ekilgandan so‘ng 10 kun ichida unib chiqishini ta’minlash ayni muddao hisoblanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, chigit unishi 10 kundan ko‘pga cho‘zilsa, har bir qo‘shimcha kun potensial hosilni 0,7 foizga, chigit 28 kunda unganda esa 13,0 foizga kamaytiradi (Hake va b.q., 1996).

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin