Seminar№ 1
Mustaqil ish uchun mavzu.“Ta’lim texnologiyalari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.Pedagogik texnologiyalarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti va asosiy tushunchalari.
1-savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi: pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimidagi ahamiyatini, paydo bo‘lishi tarixi, tarakkiyotini yoritib berish, asosiy tushunchalarini ta’riflash, pedagogik texnologiyalarning tarakkiyotiga hissa ko‘shgan olimlar haqida ma’lumot berish. Texnologiya va pedagogik texnologiyalarga qiziqish uyg‘otish. Ta’lim berishning samarali yo‘llarini egallashga yo‘naltirish.
1-savol bo‘yicha identiv o‘quv maqsadlari:
1. Pedagogik texnologiyalarning yaratilish tarixini aytib beradi.
2. Pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi.
3. Pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchalarini ta’riflaydi.
4. Pedagogik texnologiyalarning tarakkiyotini tahlil kiladi.
1-savolning bayoni:
Takrorlanadigan tuzilmani pedagogikada yaratish kiyin. Bunga o‘quv (ta’lim-tarbiyaviy) vazifalarning xilma-xilligi, ta’lim mazmunining bo‘laklari va o‘quv materiali turlarining har xilligi, ularni bilish faoliyati uslubining bir xilda namoen bo‘lmasligi va ko‘plab boshka omillar to‘skinlik kiladi.
Shunday bo‘lsa-da, AQSHda taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalar harakati bilan rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydigan, takrorlanadigan pedagogik tuzilmani o‘z ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgandi.
Sanoatda "yuksak texnologiya" iborasi bor. Ular, odatda, juda murakkab bo‘ladi, katta sarmoyalar sarflanishini talab kiladi, fanning so‘nggi yutuklariga asoslanadi, xodimlardan maxsus tayyorgarlikni talab kiladi. Shunday bo‘lsa-da, ular mahsulotning yukori sifati va rakobatbardoshligini, pirovard oqibatda salmokli foydani ta’minlaydi.
Pedagogik texnologiyani o‘qitishdagi "yuksak" metodologiya katoriga kiritish mumkin, ammo uning joriy qilinishi katta sarflarni talab kilmaydi. Ta’lim sifatining kaliti pirovard okibatda alohida o‘quv yurti va anik o‘kituvchi deydigan bo‘lsak, pedagogik texnologiyani o‘zlashtirish, asosan, pedagoglarni o‘qitishni talab kiladi.
70-80- yillarda AQSHda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya okimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarkaldi, YuNESKO kabi nufuzli tashkilot ham kizika boshladi. Texnologiya yordamida erishilgan muvaffakiyatlar to‘g‘risida nafakat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya vakillari, balki Kosta-Rika, Filippin, Turkiya, Malta vakillari ham ma’ruza qildilar. YuNESKOning navbatdagi anjumani 1997 yilda Manila (Filippin Respublikasi)da, 1998 yilda Kanada (Nyufaundlend)da o‘tkazildi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta’lim samaradorligini oshirishga texnologik yondashuv o‘ttiz yillar mukaddam AQSHda paydo bo‘lgan edi. Bu munosabatda bir kancha savollar yuzaga keladi. Nima uchun biz shu kungacha jahon pedagogika fanining bu sohadagi yutuqlari to‘g‘risida juda kam narsa bilamiz? Nima uchun pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari pedagogik texnologiyani o‘qimaydi? Nima uchun bu muammo bo‘yicha adabiyotlar tankis?
Sababi shundaki, pedagogik texnologiya (bu iborani birlamchi tushunishda) bixeviorizm g‘oyalariga asoslanadi. Bu yo‘nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi organizmni ko‘zg‘atgich (stimulyatsiya) bilan uni bu ko‘zg‘atgichga javobi o‘rtasidagi aloqa bir ma’noliligining so‘zsiz tan olinishidir. Biz organizmda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar (shu jumladan, psixik jarayonlar to‘g‘risida ham) to‘g‘risida tashki kuzatiladigan harakatlarni tahlil qilmay turib hech narsa bila olmasligimiz, shubhasiz, dalil ekanligidan kelib chiqsak, bixevioristlar qo’zgatgich bilan javob ta’sir o‘rtasidagi aloqani o‘rganish bilan cheklanadi. Bu cheklanish bixeviorizm ahamiyatini kamaytiradi, chunki har qanday nazariya bevosita kuzatishdan yashiringan u yoki bu konuniyatlarni bilishni nazarda tutadi.
2. savol bo‘yicha muammolar: ma’lumki 70-80-yillarga kelib olimlar ta’lim tizimini loyihalashtirish, texnologiyalashtirish muammolari ustida ish olib bordilar. Shunga qadar ta’lim tizimida qanday yangiliklar yaratilgan va kim tomonidan isloh kilingan?
Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida joriy qilishda uchraydigan asosiy muammolarning mohiyatini oching.
Yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchalari bilan pedagogikaning asosiy tushunchalari o‘rtasida bog‘liklik, o‘xshashlik va farqni aniqlang
Dostları ilə paylaş: |