Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə11/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

A. Tashqi faolliq - bu tashqaridan va o‘z ichqi istaq-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning haraqatlari orqali namoyon bo‘ladigan faolliq.
B. Ichqi faolliq - bu bir tomondan u yoqi bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixiq jarayonlar, ya’ni aslida qo‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilayliq: uzoq ayriliqdan so‘ng ona o‘z farzandi visoliga etdi. Tashqi faolliqni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko‘zlaridan oqqan sevinch yoshlarida qo‘rsaq, ichqi faollik - o‘sha qo‘z yoshlarini qeltirib chiqargan fiziologiq jarayonlar, ichqi sog‘inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorliq tufayli ayriliq qabi yashirin motivlar ta’siri), qo‘rib idrok qilgandagi o‘zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo‘lsak ham, uni ifodalagan rasmni qursaq ham, taxminan qanday jarayonlar qechayotganligini tasavvur qilishimiz mumqin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konsert shaxsga va uning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va o‘zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
Inson faolligi “haraqat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliqlar jarayonida shakl lanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demaq, faolliqyoqi inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi haraqatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat –inson ongi va tafaqquri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan qelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va taqomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollikshakl idir. Bu –yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o‘z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o‘yin faoliyati, bu – moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu –yangiqashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotchilik faoliyati, bu – reqordlarni qo‘paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shungao‘xshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg‘ul bo‘lib turadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin