Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


O‘qituvchining innovatsion faoliyati



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə19/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

O‘qituvchining innovatsion faoliyati
Reja:
1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari
2.O‘qituvchining innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. O‘qituvchining innovatsion faoliyatni shakllantirish shartlari.
Tayanch tushunchalar: Innovatsiya, xususiy yangilik, diagnostika, qoliplashtirish, innovatsion faoliyat, aksiologiya, akmeologiya, kreativlik, refleksiya.


Innovatsion faoliyatining nazariy omillari;
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.
A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.

Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.B Sazonov, BS. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro ta’siri mikrosathi.


Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5.Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.
Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
BA.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.BSazonov, BS. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin