Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə17/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intelleqtual, ma’naviy-axloqiy, etiq, estetiq va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdeq bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan Ytti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yilliq majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdeq “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
XXI asrga qadam quyish arafasida G.K.Selevko tomonidan PTga oid yirik metodologik asar - o‘quv qo‘llanma yaratildi va unda pedagogik texnologiyalar tasnifi keltiriladi. Olim pedagogik texnologiyalar ni o‘n ikki turga ajratadi:
1.Qo‘llanish darajasi bo‘yicha: umumpedagogik; xususiy metodik; lokalli, modulli, tor metodik.
2.Falsafiy asos bo‘yicha: materialistik, idealistik, dialektika (tabiat, kishilik jamiyati va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari xaqidagi fan), metafizika (dialektikaga qarama-qarshi bo‘lgan tafakkur metodi, reaksion ideologiyaning asoslashga xizmat qiladi), ssientizm (fan), tabiatga moslik, insonparvarlik, insonparvarlikka qarshi, antreposofiya, teosofiya, progmatizm, (reaksion sub’ektiv-idealistik falsafiy oqim), ekzestensializm.
3. Ruhiy rivojlantirishning etakchi omillari bo‘yicha: biogenli, sotsiogenli, psixogenli, idealistik.
4. O‘zlashtirish mohiyati bo‘yicha: assotsiativ (lotincha birlashtirmoq, psixik xodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish) – reflektorli (tashqi ta’sirlarga javob reaksiyasi), rivojlantiruvchi, interorizatorli (lot.interior - ichki) bixevioristik (inglizcha xulq., 20 asrda AQShda rivojlangan, psixologiyaning predmeti qilib odamni hulq-atvori olingan), geshtalt-texnologiya (nemischa - obraz,shakl, psixik xodisalarni yaqqol idrok etish), suggestiv (lotincha –ishontirmoq, psixik sohalarga ta’sir ko‘rsatib, idrok qilinayotgan narsalarni ongli anglash jarayoni), neyrolingvistik («neyron» lotincha – asab tolasi).
5. Shaxs tuzilmasiga yo‘naltirilganlik bo‘yicha: informatsion, amalli, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi, shakllantiruvchi, xayajonli - badiiy, xayajonli - ahloqiy, evristik (yunoncha –topaman, xaqiqatni topish san’ati, metodik usullar, metodik qoidalar tizimi).
6. Mazmuni va tuzilish xarakteri bo‘yicha: ta’lim-tarbiyaviy, dunyoviy-diniy, umumta’lim, kasbga yo‘naltirilgan, gumanitar-texnikaviy, turlicha sohaviy texnologiyalar, monotexnologiyalar
7. Tashkiliy shakllar bo‘yicha: sinf – dars, muqobilli, akademik-klub, yakka tartibli, guruhli, jamoa bo‘lib o‘qish usullari, tabakalashtirilgan ta’lim.
8. Bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish turi bo‘yicha: mumtoz ma’ruza, audiovizualli, ”maslahatchi tizim”, kitobdan o‘qitish; “kichik guruhlar” tizimi, kompyuterda o‘qitish, “repetitor” tizimi, “dasturiy boshqarish”.
9. Bolaga yondoshish bo‘yicha: avtoritar, didaktik ijtimoiy -antropo(lotincha antroporos -odam)-pedotsentrist(yunoncha «paydes» - bola), shaxsga yo‘nalgan texnologiyalar, xamkorlik texnologiyasi, erkin ta’lim, ezoterik texnologiyalar.
10. Ustuvor metodlar bo‘yicha: dogmatik-reproduktiv, tushuntirish - ko‘rgazma, rivojlantirish ta’limi, muammoli ta’lim, ijodiy, dasturli ta’lim, dialogli, o‘yinli ta’lim, o‘z-o‘zini rivojlantirish, informatsion ta’lim.
11. Mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yo‘nalishlari bo‘yicha: munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida, bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosida, tashkil qilish va boshqarish samaradorligi asosida, materialni metodik va didaktik o‘zgartirish asosida, tabiatga moslashtirish, muqobillik texnologiyalari, mualliflik texnologiyalari.
12. Ta’lim oluvchilar toifasi bo‘yicha: ommaviy texnologiya, siljitilgan ta’lim, tiklash, viktimologik, o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iktidorlilar bilan ishlash texnologiyalari.
Bu tasnifni keltirishdan asosiy maqsad pedagoglarni utmishda qo‘llanilgan, xozirgi kunda joriy etilayotgan va kelajak faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan texnologiyalar bilan to‘liq tanishtirishdir.
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarining yangi avlodini bajarishda Oliy va urta maxsus ta’lim tizimida o‘qitishning quyidagi pedagogik texnologiyalarini qo‘llanish tavsiya etilishi mumkin.

  • o‘qitishning kreativ texnologiyasi;

  • loyihalar metodini qo‘llanib o‘qitish texnologiyasi;

  • muammoli o‘qitish texnologiyasi;

  • o‘qitishning ishbilarmonlik o‘yinlari texnologiyasi;

  • o‘qitishning informatsion va telekommunikatsion texnologiyalari;

  • avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi;

  • programmalanadigan o‘qitish texnologiyasi;

  • o‘qitishdagi innovatsion texnologiyalar.

Bu texnologiyalar prof. L.B Peregudov tomonidan taqlif etilgan bo‘lib, ularni qayta qurilgan va yangi ma’lumotlar qo‘shilgan xolda quyida keltiramiz. Inson foydalanadigan texnologiyalarning ikki turi: sanoat va ijtimoiy texnologiyalar bor.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin