Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


O‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə25/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

O‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o‘z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fan, o‘ziga bo‘lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘z nuqtai nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini Ychishni aniqlashga qaratilgandir.
O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

  • me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;

  • o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:

  • ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi;

  • ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

  • pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o‘zgarishi.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin