3-§. O’zbek xalqining yozuv tarixi. Alifbo va imlo masalasining davlat ahamiyatiga molik ekanligi.
Yozuv dastlab Mesopotamiyadegan joyda paydo bo'lgan va bu yozuv tarixga mixxat nomi bilan kiritilgan.
1. Eramizdan oldingi IV-V asrlarda O’rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida mixxat yozuvi ishlatilgan.
2. Hozirgi eramizdan boshlab, taxminan VI asrgacha so'g'd yozuvi ishlatilgan.
3.V — VIII asrlar davomida turkiy halqlar O'rhun-Enasoyyozuvidan foydalanishgan.
4.VI-VII asrlardan to XV asrlargacha turkiy va mo'g'illar uyg'ur yozuvidan foydalashgan.
5.720 — yildan arab yozuvi tarqala boshlagan. Xalqimiz taxminan 1200 yildan ko'proq vaqt davomida arab alifbosidan foydalangan.
6. 1929 — yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o'tilgan edi.
7. 1940 — yildan boshlab esa rus(krill) grafikasi asosida yangi o’zbek alifbosiga o'tilgan edi.
8. 1993 — yil 2 — 3 sentabrda bo'lib o'tgan Oliy Kengashning 13-sessiyasida o'zbek yozuvini lotin alifbosiga o'tkazish to'g’risida qonun qabul qilindi.
Oʻzbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.Arab alifbosi:
آ ا أ ء ب پ ت ث ج چ ح خ د ذ ز ژ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن و ٶ ۇ ۉ ە ة ى ي ې ٸ1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.
A a
|
B b
|
C c
|
Ç ç
|
D d
|
E e
|
Ə ə
|
F f
|
G g
|
Ƣ ƣ
|
H h
|
I i
|
J j
|
K k
|
L l
|
M m
|
N n
|
N̡ ᶇ
|
O o
|
Ө ө
|
P p
|
Q q
|
R r
|
S s
|
Ş ş
|
T t
|
U u
|
V v
|
X x
|
Y y
|
Z z
|
Ƶ ƶ
|
|
'
|
|
|
|
|
|
|
1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.
-
A a
|
B b
|
V v
|
G g
|
D d
|
E ye
|
YO yo
|
J j
|
Z z
|
I i
|
Y y
|
K k
|
L l
|
M m
|
N n
|
O o
|
P p
|
R r
|
S s
|
T t
|
U u
|
F f
|
X x
|
TS ts
|
CH ch
|
SH sh
|
‘ ‘
|
|
E e
|
YU yu
|
YA ya
|
O’ o’
|
Q q
|
G’ g’
|
H h
|
|
|
|
|
|
1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.
Lotin yozuviga koʻchish. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.
-
A a
|
B b
|
D d
|
E e
|
F f
|
G g
|
H h
|
I i
|
J j
|
K k
|
L l
|
M m
|
N n
|
O o
|
P p
|
Q q
|
R r
|
S s
|
T t
|
U u
|
V v
|
X x
|
Y y
|
Z z
|
Oʻ oʻ
|
Gʻ gʻ
|
Sh sh
|
Ch ch
|
ng
|
ʼ
|
|
|
Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng (1991- yil 31- avgust) lotin yozuvi asosidaqi o'zbek alifbosi masalasi o'rtaga qo'yildi.
Rasmiy yozuvda qaysi alifbodan foydalanish bo'yicha erkin fikr bildirish gazeta va jurnallarda, turli yig'inlarda bir yarim yil davom etdi. Muhokamada ishchidan tortib akademikkacha, dehqondan tortib adibgacha hamma - hamma o'z fikr - mulohazasini erkin bildirdi.
Bu masala O'zbekiston Oliy Kengash sessiyasida ham muhokama qilinib, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini tuzish yuzasidan guruh tuzildi.
O'zbekiston Oliy Kengashining 1993 - yilda o'tgan XII chaqiriq XIII sesssiyasida noib P.Qodirovning lotin yozuviga asoslangar o'zbek alifbosini tuzish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to'g'risida axboroti tinglandi.
Shu yil 16 - avgustda Toshkent shahrida o'zbek yozuvi istiqboliga bag'ishlangan respublika ilmiy - amaliy konferensiyasi bo'ldi. Bunda P.Qodirov, A.Hojiyev, I.Qo'chqortoyev, N.Mahmudovlarning ma`ruzalari tinglandi, ma`ruzalar yuzasidan O.Yoqubov, Jamol Kamo1 Abdulla Oripov, Sobir Kamol (Qoraqalpog'iston), Izzat Sultonov, H.Ne'matov, Y.Abdullayev, S.Otamirzayeva va boshqalarning fikr mulohazalari eshitildi. Konferensiya yakunida lotin yozuvi asosidaqi o'zbek alifbosi asosan ma'qullanib, 4 moddadan iborat qaror qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993- yil 2-3- sentabrdagi XII chaqiriq XIII sessiyasida yangi alifbo masalasi muhokama qilinib, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga o'tish to'g'risida qonun qabul qilindi. "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida 0'zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori matbuotda berildi.
Mazkur qarorga binoan, yangi o' zbek alifbosini joriy etish bo'yicha respublika davlat komissiyasi tashkil qilindi; yangi alifbo asosidagi o'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini ishlab chiquvchi ishchi guruh tuzildi va 1993 -yilning dekabr oyidan ish boshladi.
"O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari"ni hozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflarning shakli yuzasidan fikr - mulohazalar paydo bo'ldi. Bundan tashqari, yozuv jarayonida texnika vositalaridan kengroq foydalanish, harflar shaklini jahondagi taraqqiy qilgan davlatlar alifbolariga yaqinlashtirish muammolari ham o'rtaga qo'yildi.
Bu muhim masalalarga ijobiy yondashish uchun alifbodagi harflarning shaklini isloh qilish zarur bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida (1995- yil 6- may) mazkur masalalar yuzasidan axborot eshitildi, Qonun chiqdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etis to'g'risida"gi Oliy Kengash qaroriga o'zgartishlar kiritish to'g'risida qaror qabul qildi.
Bu hujjatlarda o'zbek alifbosi 26 harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat
ekanligi, ayrim harflarning shakliga isloh kiritilganligi ko'rsatilgan; umumiy ta'lim maktablarida yangi alifbo asosida ishlash 1995 - yil sentabrdan emas,
1996- yil sentabrdan 1- sinflarda boshlandi. Yangi alifboga to'liq o'tilishi 2005 -yilda tugallanishi qayd qilingan.
O'zbek tilidagi 3 xil nutq tovushi (sh, ch, ng) harflar birikmasi bilan quyidagicha ifodalanadi:
- sh harf birikmasi sholi, o'qish kabi so'zlarda sh tovushi (sholi, o'qish);
- ch harf birikmasi cho'1, ishonch kabi so'zlarda ch tovushini (cho'1, ishonch).
- «ng»harfi ong, tenglik kabi so'zlardagi til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi (ong, tenglik). Bu tovush amaldagi alifboda 1940- yil 8- mayda harf birikmasi -ng bilan ifodalanishi qabul qillngan edi. Bu harfning bosh NG shakli ishlatilmasa ham boshlang`ichsinflargao`rgatiladi.
Demak, harf birikimasi bilan ifodalangan nutq tovushlari o'zbek tilida ikki harfni yonma - yon keltirish bilan ko'rsatiladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Nima sabadan lotin yozuviga asoslangan imlo jahon madaniyatida katta o'rin tutadi?
2. Hududimizda "Milliy uyg’onish" qaysi davrni o’z ichiga oladi?
3. Arab alifbosi isloh qilinib lotin alifbosiga o’tishining sababi nimada?
4.Yangi imloni yaratishda ziyolilardan kimlar jonbozlik ko’rsatishdi?
5. XX asr boshlaridagi til va imlo bahslarida kimlar jonbozlik ko’rsatgan?
6. Kirill imlosiga nechanchi yil o’tidi?
7. Yangi imlo qoidalari nechanchi yilda tasdiqlangan?
8. O'zbek yozuvini yaratishda ziyolilarning xizmati nimada deb o'ylaysiz?
Dostları ilə paylaş: |