Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə24/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

So‘z birikmasi. So‘z birikmalari ikki xil bo‘ladi: erkin bog‘lanishli so‘z birikmalari, turg‘un bog‘lanishli so‘z birikmalari. Erkin so‘z birikmalari til birligi emas. Shu sabab ham, tilimizda mavjud emas. Tilimizda tayyor holda uchramaydi. Nutq jarayonida o‘zimiz shakllantiramiz. So‘z birikmasi so‘z va gap o‘rtasidagi kamida ikkita so‘zdan tuzilgan nutq birligidir. So‘zlardan so‘z birikmalarini, so‘z birikmalari va so‘zlardan gaplarni hosil qilamiz. So‘z birikmasi ham nominativ vazifani bajarib, atash ma’nosiga ega bo‘ladi. So‘z
birikmalarida qatnashgan so‘zlarning biri hokim so‘z bo‘lsa, ikkinchisi shu so‘zga tobe so‘z bo‘lib keladi. Shu sabab ham tobe - hokim munosabati asosiga qurilgan bo‘ladi. Hokim so‘z qaysi so‘z turkumi asosida yaratilgan bo‘lsa, shu so‘z birikmasi ham shunday nom bilan ataladi.
Turg‘un so‘z birikmalari matn segmentlari tarzida butunligicha olinadi. Ular sintaktik tahlil qilish jarayonida bo‘laklarga bo‘linmaydi. Yaxlitligicha bir gap bo‘lagi vazifasida keladi. Lekin, ularni frazeologik birliklar bilan chalkashtirmasligimiz lozim bo‘ladi. Oliy Majlis, kelajagi buyuk, Buyuk Navoiy kabi. Bu kabi turg‘un so‘z birikmalari yaxlitligicha (aniqlovchi va to‘ldiruvchi) bitta bo‘lak vazifasida kelmoqda.
Shuningdek, bir nechta so‘zlardan tuzilgan so‘z birikmalariga murakkab so‘z birikmalari deyiladi. Masalan: Obod qishloq dasturi asosida, yoshlar ittifoqi yig‘ilishi, Vatanimiz hududi sarhadlari kabi. Mana bu so‘z birikmalari tarkibida 3 ta 4 ta so‘zlar ishtirok etgan. Shu sabab ham murakkab so‘z birikmalarini tashkil qilgan. So‘z birikmalaridagi hokim so‘zning ma’nosini izohlash va to‘liqroq ifodalash uchun tobe so‘z talab etiladi. Tobe so‘z hokim so‘zning ma’nosini ochishga xizmat qiladi. Masalan: katta ko‘cha, yorug‘ xona, baland bino kabi.
So‘z birikmalarida hokim va tobe so‘zning joylashish tartibi teskari munosabat asosiga quriladi. Boshqacha qilib aytsak, birinchi kelgan so‘z tobe so‘z keyin kelgan so‘z esa hokim so‘z bo‘ladi. So‘roqni har doim hokim so‘zga beramiz. So‘z birikmalarida so‘zlar grammatik, semantik va sintaktik munosabat asosida birikadi.
Gap. Gap fikr ifodasini beruvchi komminikativ birlikdir. Jahon tilshunosligida gapga xilma - xil ta’riflar berilgan. Gap nisbiy tugallangan, tugallangan ohang bilan aytiluvchi fikr ifodasini beruvchi nutq birligidir. Gaplarni to‘liq tugallangan fikr ifodasini beruvchi deya olmasligimizga sabab, matn tarkibidagi har qanday gap ham alohida nisbiy tugallangan bo‘ladi, sababi keyingi gap bilan ham semantik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Matn tarkibidagi barcha gaplarning o‘rtasida semantik bog‘liqlik seziladi. Ya’ni biri bog‘dan, ikkinchisi tog‘dan bo‘lmaydi.
Biz gap orqali bir – birimiz bilan aloqaga kirishamiz, muloqat qilamiz. Muloqatning eng kichik birligi ham gap hisoblanadi. Gaplar so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Birgina so‘z va so‘z birikmalari orqali komminikativ vazifa bajaruvchi gapning aloqa munosabatini bera olmaymiz. Gapda intonatsiya ham muhim rol o‘ynaydi. Shakllangan va tugallangan intonatsiya gapning shakllanishiga xizmat qiladi. Predikativlik ham gapning muhim belgilaridan biridir. Gaplarni tuzilishiga ko‘ra: sodda gap, qo‘shma gap kabi turlarga bo‘lib o‘rganamiz.
Matn. Eng yirik nutq birligi matndir. Matnning nutq birligi ekanligi masalasi bevosita nutqiy faoliyat mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. Gap matnning qurilish materiali tarzida talqin etilganda masala mohiyatini nisbiy tushunish kerak, chunki, bu o‘rinda mustaqil so‘z va so‘z birikmasining matn tarzida maxsus qo‘llanishi e’tiborga olinmaydi. Ayni paytda bog‘lanishli nutq materiali nazarda tutilmoqda. Kommunikativ birlik deganda, muloqot birligini tushunamiz, muloqot esa, o‘z navbatida, nutqda shakllanadi.
Chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini semantik va pragmatik komponent tushunchalari bilan bog‘lab olib boradi. Bunda u semantik komponent birinchi galda matn materialini uyushtiruvchi ma’no ba’zasi hamda uning voqelanishini ta’minlovchi vositalarni taqozo etishini ta’kidlaydi. Olim semantik komponent jumlasiga so‘zlovchini, ya’ni inson omilini ham kiritadi. Pragmatik komponent deganda esa, ma’no ifodasi sistemasida ahamiyat kasb etuvchi munosabatlarni tushunadi. Masalan, men, sen, u, biz, siz, ular kabi kishilik olmoshlarini pragmatik unsurlar jumlasiga kiritish mumkin. Ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari esa, kishilik olmoshlaridan farqli ravishda, semantik, yoxud matn komponentlari sirasiga kiradi. Chunki ular aktantlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Kishilik olmoshlari esa aktant vazifasida keladi.
Matn tarkibida mavjud bo‘lgan morfologik vositalarning ham birini matn komponenti deb, ikkinchisini semantik komponent deb ajratib o‘rganish uchun ham, bizningcha, ehtiyoj sezilmaydi. Zotan, ularning barchasi matn komponentlaridir. Matn komponentlarining semantik yoki sintaktik jihatlari haqida so‘z yuritilganda, ularning har birini yo semantik, yoxud sintaktik rejaga ko‘ra o‘rganish o‘z-o‘zidan talab qilinishi shubhasizdir [N.Turniyozov, 2012: 65].
M.V.Lyapon ham matn lingvistikasi muammolarini murakkab sintaktik qurilmalar asosida talqin etadi. U matn tavsifi quyidagi to‘rt konsepsiyaga asoslanishi mumkinligini ko‘rsatadi:
1.Matn – bu jumlalarning o‘zaro munosabatidan kelib chiquvchi xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini o‘rganishda birdan-bir manbadir.
2.Matn – bu so‘zlovchining nutqiy qobiliyatini ro‘yobga chiqaruvchi vositadir. Bu jarayonda matn tilning nutqda real qo‘llanilishini ta’minlovchi makon vazifasini ham bajaradi.
3.Matn – bu so‘zlovchining faol nutqiy faoliyati mahsulidir.
4.Matn – bu til sistemasining kommunikativ jarayonda muhim funksiya bajaruvchi eng yuqori pog‘onasidir.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin