Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə26/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

2. Paradigmatik munosabat. Avvalgi mavzularda qulf va kalitlarga oid misol keltirgan edik. Turli kalitlar shodasi paradigmaga qiyoslangan edi. Kalitlar orasidagi munosabat paradigmatik munosabatga o‘xshaydi. Paradigma a’zolari orasidagi munosabat paradigmatik munosabat deyiladi. Paradigmatik munosabat bir sistemaga kiruvchi birliklarning o‘xshashlik va farqlilik munosabatlaridir. Masalan, kelishiklar o‘zaro “oldingi so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash” o‘xshashligiga ega bo‘lsa, har bir kelishikning bu o‘xshashlik ostidagi tafovutlari farqlilik munosabati hisoblanadi. O‘xshashlik va farqlilik munosabati bir necha ko‘rinishlarda voqelanadi. Farqlilik munosabati tilshunoslikda ziddiyat termini bilan nomlanadi.
Paradigmatik munosabat keskin ziddiyatli va darajalangan ziddiyatli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Masalan, a va o unli fonemalari orasida keskin ziddiyatli paradigmatik munosabat (lablanganlik/lablanmaganlik) mavjud bo‘lsa, a, e, i unlilari orasida darajalangan ziddiyatli paradigmatik munosabat mavjud. Bunda unlilar tilning tanglayga ko‘tarilish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Bu uchlikdan o‘rtadagisi olib tashlansa, qolgan ikki unli o‘zaro keskin ziddiyatli bo‘lib qoladi. Chunki a va i unlilari “quyi keng” va “yuqori tor” belgilariga ega. Yoki aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq qatori “ifoda bo‘yog‘ining oshib borishi” belgisi asosida darajalanadi va farqlanadi. Bu qator darajalanish (graduonimik) paradigmasi deyiladi. Qatordagi har bir birlik graduonim deb yuritiladi.
Graduonimlar orasidagi munosabat graduonimik munosabat bo‘lib, paradigmatik munosabatning bir turi hisoblanadi. Graduonimik munosabat bilan birga sinonimik, antonimik munosabatlarning barchasida eslatib turish xususiyati mavjud. Paradigma a’zolari teng qiymatli va teng huquqli birliklardir. Shuning uchun ular bir paradigmaga mansub bo‘ladi.
3. Iyerarxik munosabat. Lisoniy birliklar orasida iyerarxik, ya’ni pog‘onali munosabat ham mavjud. Pog‘onali munosabat deganda birlikning boshqasi tomonidan qamrab olinishi tushuniladi. Masalan, Halim va Karim leksemalari erkak kishining ismlari bo‘lib, ayolning ismi bo‘lgan Halima, Salima leksemalariga qarama-qarshi turadi. Lekin ularning barchasini ism leksemasi qamrab oladi. Ism leksemasi esa, nom leksemasi bilan birgalikda, ot leksemasi tomonidan qamrab olinadi.
Bu pog‘ona yuqori va quyi yo‘nalishda yana davom ettirilishi mumkin. Demak, Salim, ism, ot leksemalari pog‘onali munosabatga kirishgan; Salim so‘zi ism so‘zi tarkibiga, ism so‘zi esa ot so‘zi tarkibiga kiradi. Lisoniy birliklarning pog‘onali munosabati ikki xil.
Masalan, daraxt vatan , ildiz, barg, shox birliklarining o‘zaro munosabati daraxt leksemasi bilan olma, o‘rik, nok, gilos leksemalarining o‘zaro munosabatidan farq qiladi. Oldingi pog‘onali munosabatda daraxt butunni va qolganlari qismni ifodalasa, keyingisida daraxt turni ifodalab, mevaning muayyan nomini ifodalovchi birliklar turning ko‘rinishi – jins sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi munosabatdagi birliklar daraxt leksemasining xususiy ko‘rinishi – juz’iylashishi. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. Shu boisdan Gilos daraxtdir tarzidagi hukmni aytish mantiqiy. Biroq Ildiz daraxtdir deyish mumkin emas. Tilshunoslikda lisoniy birlikning butun bo‘lak munosabati partonimik (part – qism, bo‘lak), tur-jins munosabati giponimik munosabat deyiladi. Partonimik munosabatga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonim, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponim deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonimdir.
Paradigmatik munosabatga kirishayotgan birliklar teng qiymatli bo‘lsa, pog‘onali munosabatga kirishayotgan birliklar o‘zaro “kattaning kichikka”, “tashqining ichkiga”, “butunning bo‘lakka” munosabatini o‘zlarida ifodalaydi va teng qiymatli bo‘lmaydi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin