Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə34/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

4.Tovush cho‘ziqligi- tebranishning oz yoki ko‘p vaqt davom etishi. Tovush cho‘ziqligi ikki xil bo‘ladi; a) fonologik cho‘ziqlik (birlamchi cho‘ziqlik). Bunday cho‘ziqlik, odatda, ma`no ajratish uchun xizmat qiladi. Masalan, turkman tilida «yilqi» ma`nosidagi «ot» so‘zi bilan «ism» ma`nosidagi «ot» so‘zining ma`nolari shu so‘zlar tarkibidagi «o» unlisining cho‘ziqlik darajasi bilan farqlanadi; ot (ad-» yilqi») -o:t (a:d-»ism») kabi; b) fonetik cho‘ziqlik (ikkilamchi cho‘ziqlik)- sof fizik-akustik faktorga asoslangan (fonologik vazifa bajarmaydigan) cho‘ziqlik.
Masalan, urg‘uli bo‘g‘indagi unli bir oz cho‘ziladi, ammo u so‘z ma`nosini farqlash uchun xizmat qilmaydi (atlas va atlas kabi ayrim holatlar bundan mustasno). Shuningdek, imon so‘zi boshidagi «i» cho‘ziqroq talaffuz etilganidan, unda bir «y» orttiriladi yoki shahar, zahar so‘zlarida «h»ning tushib qolishi natijasida ikki «a» yonma-yon kelib, bir cho‘ziq «a» tarzida talaffuz qilinadi (sha:ar,za:ar kabi), ammo bu holat so‘z ma`nolarini o‘zgartirmaydi.
Anatomik-fiziologik aspekt. Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologic asosini - inson organizmidagi ayrim a`zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini o‘rganadi.
Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) nutq a`zolarining anatomiyasi;
2) nutq a`zolarining fiziologiyasi;
3) nutq a`zolarining ijro kechimi.
1.Nutq a`zolarining anatomiyasi deyilganda shu a`zolarning shakli, tuzilishi, orni nazarda tutiladi. Bunday a`zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:
a) nafas apparati - o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi. Bu apparat a`zolari tovush hosil qilish uchun zarur bo‘lgan havo oqimini boshqa a`zolarga etkazib beradi, shu ma`noda havo manbai sanaladi;
b) bo‘g‘iz bo‘shlig‘i- traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon, ponasimon, shoxsimon tog‘aylar mavjud. Bu apparatdagi eng faol a`zolar un paychalaridir: -un (ovoz) paychalari tinch holatda turganda, ularning oralig‘i ochiq bo‘ladi, natijada nafas apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalarni tebratmay ota’di. Bunday vaziyatda ovoz hosil bo‘lmaydi;
- ovoz paychalari tortilgan ( taranglashgan) da, ular orasidagi ochiq bo‘shliq yumuq holatga keladi, natijada havo oqimining yo‘li to‘siladi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga urilib, uni tebratadi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) yuzaga keltiradi. Shuning uchun bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbai hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi.
-ovoz paychalari bo‘shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo‘shliq yuzaga keladi, havo oqimi shu bo‘shliqdan sirg‘alib, ishqalanib ota’di, ammo un paychalarini tebratmaydi., natijada shovqin hosil bo‘ladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda qo‘llanadi;
v) halqum- bo‘g‘izdan yuqoriroqda joylashgan bo‘shliq. U uch qismdan iborat: pastki qismi hiqildoq(bo‘g‘iz)ga tutashgan orni; o‘rta qismi-halqumning og‘zi. Bu qism og‘iz bo‘shlig‘i tomonga ochilgan bo‘ladi; yuqori qismi- burun bo‘shlig‘iga va eshitish paylariga birikkan(tutashgan) qismi;
g) og‘iz bo‘shlig‘i- til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay, til osti muskulidan iborat apparat. U orqa tomonidagi tomoq orqali halqumga tutashadi;
d) burun bo‘shlig‘i - qo‘shimcha ton manbai. U yumshoq tanglay oxiridagi kichik tilning quyi tomon harakat qilishi natija-sida rezonatorga aylanadi: havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘idan o‘tib, qo‘shimcha tonlarni yuzaga keltiradi. O‘zbek tilining m,n,ng undoshlari shu apparat ishtirokida yuzaga keladi.
Faol a`zolar: lablar; tilning old qismi; tilning o‘rta qismi; tilning orqa qismi; til o‘zagi; kichik til; yumshoq tanglay ; halqumning orqa qismi.
Nofaol a`zolar : old tomondagi yuqori tishlarning uchi; old tomondagi yuqori tishlarning orqa qismi; qattiq tanglayning old qismi; tanglayning o‘rta qismi; yumshoq tanglayning old qismi; yumshoq tanglayning orqa qismi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin