3. Siyosiy fonetika. Bunda bir qancha qarindosh bo’lmagan tillarning tovushlar sistemasi bir-biriga qiyoslanadi: masalan, rus va o’zbek, o’zbek va tojik, ingliz va rus, nemis va o’zbek kabi tillardagi tovushlar qiyoslanib, ulardagi oxshash va nooxshash tomonlar solishtiriladi.
4. Chog’ishtirma fonetika. CHog’ishtirma fonetika qarindosh bo’lgan, bir oilaga mansub tillarning fonetikasini bir-biriga chog’ishtiradi, solishtiradi, taqqsolaydi. SHu yo’l bilan ular o’rtasidagi oxshash va nooxshash tomonlarni o’rganadi.
5. Tavsifiy fonetika. Bunda biror konkret til tovush sostavining hozirgi holati, unlilar, undoshlar, ularga xos belgilar, tovush o’zgarishlari o’rganiladi.
6. Eksperimental fonetikada nutq tovushlari maxsus zamonaviy asboblar yordamida eksperimental yo’l bilan o’rganiladi. SHu yo’l bilan unlilardagi cho’ziqlik, qisqalik, undoshlardagi portlash va sirg’alish xususiyatlari juda aniq belgilanadi.
2-§. Fonetika aspektlari. Tilning tovush tomoni ancha murakkab hodisadir: a) har qanday tovushning fizik- akustik tabiati bor; b) har qanday nutq tovushining biologik asosi (nutq a`zolarining harakati va holati bilan bog‘liq jihatlari) mavjud; v) har qanday nutq tovushlari talaffuz etiladi va eshitiladi. Fonetik birliklarning ana shu jihatlarini O‘rganish fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik, pertseptiv va lingvistikfunktsional aspektlari deb qaraladi.
Fizik–akustik aspekt.Eksperimental fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning fizik tabiatini tadqiq qiladi. Fonetik birliklarning fizik tabiatiga tovushning balandligi, kuchi, tembri, cho‘ziqligi kiradi. Tovushning ovoz, shovqin, qo‘shimcha (yordamchi) ton kabi komponentlari ham fizik- akustik omillar sanaladi.
1.Tovushning balandligi- tovushning un paychalari tebranishi chastotasiga bog‘liq sifati. Ma`lum vaqt O‘lchovida (masalan, bir sekundda) un paychalarining tebranish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland bo‘ladi yoki, aksincha, shu vaqt O‘lchovi hisobida un paychalari qancha kam (siyrak) tebransa, tovush shuncha past chiqadi.
Tebranayotgan jismning, masalan, un paychalarining tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi bitta to‘la tebranish sanaladi, ana shu bitta to‘la tebranish bir gers hisoblanadi, demak, baland ovozda gerslar miqdori ko‘p(tebranish zich), past ovozda esa gerslar miqdori kam (tebranish siyrak) bo‘ladi. Insonning eshitish qobiliyati 16 gersdan 20000 gersgachadir: 16 gers eshitishning eng quyi pog‘onasi, 20000 gers esa eshitishning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. 16 gersdan kam chastotali tebranish infratovush, 20000 gersdan ortiq chastotali tebranish esa ultratovush sanaladi. Inson oddiy so‘zlashuvda 100 gersdan 400 gersgacha balandlikdagi tovushni qo‘llaydi. Insonning eng past tovushi bas ( u 40 gersga teng), eng baland tovushi esa sopranodir( u 170 gersga teng).
Nutqda tovushning baland-past tarzda to‘lqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintagmalarni, kirish so‘z yoki kiritma gaplarni ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida-alohida ta`kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda boshqa akustik vositalar (urg‘u, intonatsiya, temr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik maqsadlarda, ayniqsa, she`riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib toptirishda foydalaniladi.