Dissimilyasiya hodisasi. Dissimilyasiya ikkita o‘xshash tovushning noo‘xshash tovushga aylanib ketish hodisasidir. Dissimilyasiya hodisasi ham ikki xil bo‘ladi: a) progressiv dissimlyasiya: zarur – zaril, birorta -bironta. b) regressiv dissimliyasiya: koridor- kolidor, ittifoq – intifoq kabi.
Assimilyasiya hodisasi. Assimilyasiya qator kelgan tovushlar birbiriga ta’sir qilib o‘xshash tovushga aylanib ketishidir. Bu hodisa ikki xil bo‘ladi. a) oldingi tovushning keyingi tovushgi o‘ziga moslashtirishi progressiv assimlyasiya deyiladi: aytdi –aytti, yurakga – yurakka. b) keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatib olishi regressiv assimlyasiya deyiladi: tuz+siz –tussiz, bir+ta – bitta kabi.
Metateza hodisasi. Metateza undosh tovushlarning talaffuzga qulay bo‘lishi uchun o‘rin almashinishidir: yog‘mir – yomg‘ir, tuproq – turpoq, aylanmoq – aynalmoq, daryo-dayro; yomg‘ir-yog‘mir; tebratmoq-terbatmoq; yamlamoq-yalmamoq; tuproq-turpoq; o‘rganmoq-o‘granmoq; to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq.
Proteza- so‘z boshida bir unlining orttirilishi: ro‘mol-o‘ramol; stol-istol; shtraf-ishtaraf.
Epenteza-ikki undosh yonma-yon kelganda ular orasida talaffuzda i yoki u orttiriladi: fikr-fikir; hukm-hukum.
Prokopa-so‘z boshida undoshning tushishi: yiroq-iroq; yiginaigna; yag‘och-ag‘och.
Sinkopa-unlilarning qisqa talaffuz etilishi: direktor-direktir.
Apakopa-o‘zak oxiridagi tovush tushishi: do‘st-do‘s; xursandxursan.
Eliziya-unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida tovushlardan birining tushishi: bora oladiboroladi; qora ot-qorot; borar ekan-borarkan.
Tovush moslashuvi- bir tovush boshqa tovushni o‘ziga moslashtiradi: manba-mamba, shanba-shamba, yonbosh-yombosh,
sunbula-sumbula, tanbur-tambur.
Gaplologiya hodisasi. Gaplologiya hodisasi ko‘ra so‘z tarkibidagi ma’lum bir bo‘g‘inning to‘liq tushib qolishi nazarda tutiladi: qayin og‘a –qaynog‘a, qayin ona – qaynona kabi.