Tovushlarning nutqdagi pozitsion o'zgarishlari. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urg‘uga nisbatan urg‘uli va urg'usiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘g‘in va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘g‘inlar farqlanadi; 3)so‘zdagi o‘miga ko‘ra so‘z boshi, o'rtasi va oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari farqlanadi. Unli tovushlaming urg'usiz bo‘g‘inlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduksiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduksiyasi farqlanadi.
Urg‘usiz yopiq bo‘g‘inlarda unlilar cho'ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi m iqdor reduksiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urg'usiz /a /, oxiridagi /a / ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi edpod, eopoda so‘zlarida urg‘usiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.
Tovushlaming urg'uga nisbatan o‘miga ko'ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urg‘uli bo‘g‘indagi holati — kuchli pozitsiya deb, urg‘usiz bo‘g‘indagi holati — kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyatlarini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya’ni reduksiyaga uchraydi. Yuqorida ko‘rsatilgan miqdor reduksiyasidan tashqari sifat reduksiyasi ham bor.
Sifat reduksiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi eoda, eodbi, eodmdu, eodaeo3 so‘zlaridagi urg‘usiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o'zgaradi. O‘zbek tilida bunday xususiyat yetarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduksiyaga uchragan tovushlar urg‘uli tovushlarga qaraganda aniq bo'lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega. Reduksiyaning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham bog‘liq. Odatda to‘liq talaffuz stilida reduksiya minimal darajada bo‘lib, og'zaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduksiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham bog’liq. Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi jarangli undoshlar jarangsizlashishi bunga misol boTa oladi (kitob /kitop/, qand /qan t/ kabi). Ba’zan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda so‘z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo’lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).