3-§.Fonemaning differensial va integral belgilari. Fonemalarning differensial belgilari ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, «k» undoshi o‘zining jarangsizligi bilan jarangli «g» dan ajralib turadi, demak, «k»ning jarangsizligi, «g»ning esa jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. Differensial belgilar fonemalarning fonologik xususiyatini belgilaydi - so‘zning fonetik qobig‘i va shu orqali uning ma`nosini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va gul so‘zlarining ma`nolari ayni shu ikki fonemaning differensial belgilari (birining jarangsiz, ikkinchisining esa jarangli ekanligi) tufayli farqlanmoqda. Differensial belgilar faqat jaranglilik va jarangsizlik jihatidangina emas, balki fonemalar artikulyatsiyasiga bog‘liq holda tarkib topishi ham mumkin: «b» - lab-lab undoshi, «d» - til oldi(dental) undoshi. Artikulyatsiya ornidagi bu tafovutlar bor va dor so‘zlarining fonetik qiyofasini va ma`nolarini farqlamoqda; «q»- portlovchi, «x»- sirg‘aluvchi. Artikulyatsiya usulidagi bu tafovutlar qol va xol so‘zlarining tovush tarkibi va ma`nolarini farqlash uchun xizmat qilmoqda.
Fonemalarning integral belgilari ularning o‘zaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, «k» va «g» undoshlarining har ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulyatsiya usuli va artikulyatsiya orniga ko‘ra farqlanmaydi. Fonemalarning integral (farqlanmaydigan) belgilari fonologik ahamiyatga ega emas, ammo fonologik korrelyatsiya turlarini belgilashda bu belgilarning o‘ziga xos orni bor.
8-ma’ruza Mavzu: Fonetik o’zgarishlar. Bo’g’in. Urg’u. Reja 1. Fonetik o’zgarishlar.Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari.
3.Nutqning fonetik bo’linishi. Fraza, takt, bo’g’in, tovush.
4.Bo‘g‘in.(sillabema). Urg’u (aksentuatsiya).
1-§.Fonetik o’zgarishlar Nutq tovushlarini talaffuz qilganimizda turli xil o‘zgarishlarga uchraydi. Ba’zan tovush almashishi, ba’zan tovush tushishi hodisasi ro‘y berishi mumkin. Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta’sir qiladi. Bunday faktorlardan biri tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urg‘uning tabiatiga bog‘liq. Tovushlaming pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi. Ma’lum holatda ro‘y beruvchi tovushlaming o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishlar deb ataladi.