Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə48/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

So`zning leksik ma’nosi. So`zning leksik-semantik xususiyatlari uning leksik, grammatik va semantik jihatlarini o`zida mujassamlashtiradi. Chunki so`zlar tilning lug`at tarkibini shundaygina tashkil etmay, umuman, tilning sistema va strukturasidagi barcha bog`lanishlarni taqozo etadi. Ko`pincha so`zning ma’nosi haqida gapirilganda, uning narsa va tushuncha bilan aloqasi va tilda qanday ifodalanishi ko`zda tutiladi. Biroq qadimiy tilshunoslikda so`z va nom o`rtasida moslik bor deb qarash ham mavjud edi. Ba’zi tilshunoslar so`zning faqat aytilish tomoniga e’tibor bergan edilar. So`zning aytilishi uning moddiy tomoni, ya’ni tovushlarning birikuvi yoki bir tovush ekanligini ko`rsatadi. Tinglovchi va so`zlovchi uchun so`zning aytilishi ob’ektiv harakatdir. Biroq so`zning faqat aytilishi uni izohlay olmaydi. So`zning aytilishi bilan narsa yoki hodisa o`rtasidagi bog`lanish uning ma’nosini yuzaga chiqaradi.
Mazkur qarash albatta barcha so`zlar shunday tartibda tuzilgan, degan noto`g`ri xulosaga olib kelishi mumkin. chunki so`zning ma’nosi bizga boshqa bir narsa yoki hodisani eslatganidek, o`z navbatida, biror narsa ham boshqa narsani kishi ko`z oldiga keltirishi mumkin. chunki so`zning ma’nosi uchun uning aytilishi bilan so`zdan tashqarida bo`lgan tushuncha o`rtasidagi bog`lanish zarur deb hisoblansa, har xil tushunchalar tilda bir xil tuzilgan degan xulosaga kelish mumkin. Aslida esa so`zlar turli struktura tuzilishiga egadir. Shu tufayli so`zning narsa va tushuncha bilan bog`lanishini shartli ravishda qaramoq zarur. Chunki barcha so`zlar ham narsa, hodisa yoki belgining nomini atamaydi, ya’ni hamma so`zlar atama funksiyasiga ega emas. so`zlar ichida otlar (narsa), fe’llar (harakat), sifatlar (narsa belgisi) va ravishlar (harakat belgisi) atama funksiya bajaradi.
2-§. Leksik va grammatik ma’no munosabati.
So`zlar o`zlarining leksik va grammatik ma’nolari bilan farq qiladi. Atoqli va turdosh otlar nutqda qo`llanishiga ko`ra farqlanadi. Turdosh otlar narsa va hodisani atashdan tashqari, ularni biror guruh yoki turga kirishini ham ifodalaydi. atoqli otlar esa ma’lum shaxs, shahar, qishloq va boshqa narsalarni shu turdagilari ichidan ajratib ko`rsatish, ularni alohida o`ziga xos xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiladi. shu sababli, odatda, ikki bir xil ismli sha
Yordamchi so`zlar ham nominativ funksiya bajarmaydi. Bir mustaqil so`zning nominativ funksiyasi doimo faqat bir narsa yoki tushuncha, harakat yoki belgiga qaratilavermaydi. ba’zan esa aksincha, bir narsa bir qancha nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan, gul so`zi gulning barcha turlarini, daraxt so`zi ham daraxtning barcha turlarini ifodalaydi. Biroq braziliyadagi aborogenlar tilida to`tiqushning har bir turi o`z nomiga ega. O`zbek va rus tillarida to`tiqushning har bir turi alohida nomiga ega emas. O`zbek tilidagi “bo`sh vaqt” tushunchasi ingliz tilida spare time, free time, leisure so`zlari bilan ifoda etiladi. Ingliz tilida bu so`zlar ma’nosiga ko`ra turlicha ishlatiladi. spare time kechqurun ishdan keyin va haftaning dam olish kunlaridagi bo`sh vaqtni ifodalaydi. Free time kun davomida ish yoki o`qishdan xolis bo`lgan bo` vaqtni bildiradi. Leisure so`zi dam olish vaqtini ko`rsatadi. Ingliz tilida dam olish, tanaffus qilish, madaniy hordiq chiqarish ma’nolarini ifodalagan yana bir qancha so`zlar, jumladan, recreation, rest, reiaxation, amusement kabilar mavjud. bu so`zlar ham qo`llanishiga ko`ra farq qiladi.
Tilshunoslik nuqtayi nazaridan so`z aytilish va ma’noning birligidan iborat. Biroq so`zning narsa va tushunchalar bilan bog`lanishi hisobga olinsa, u borliqdagi biror narsaning odam ongidagi in’ikosi bo`lib, bu in’iko tafakkur yordamida til orqali amalga oshiriladi. Shu sababli so`z biror tushuncha, narsa, hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so`z tushuncha va narsaning aynan o`ziga hech vaqt to`g`ri kelmaydi. So`z biror narsaning nomini atash orqali shu tipdagi barcha narsalarga tegishlidir.
Masalan, paxta so`zi uning barcha tur va navlariga tegishlidir, ya’ni umumlashtirish xarakteriga ega. Biroq bu so`z boshqa so`zlar bilan birikib yoki ma’lum affiks qo`shilishi bilan konkret ma’noni ifodalay oladi. Bu o`rinda so`zlarning konkret ma’noga ega bo`lishida grammatika katta ahamiyatga ega. Demak, so`zning leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosini farqlamoq zarur. ayrim olingan so`zga tegishli bo`lib, boshqa so`zlardan farqlay oluvchi ma’no shu so`zning leksik ma’nosi deb yuritiladi. So`zning leksik ma’nosi birinchi navbatda o`sha so`z o`zagining ma’nosi bilan bog`liq bo`ladi va har qanday affiks qo`shilganda ham saqlanib qoladi. Masalan, yaxshi, yaxshilik, yaxshilikcha kabi so`z formalarining barchasi “yaxshi” ma’nosini ifoda etgan. bu o`rinda yaxshi so`zining leksik ma’nosi uni boshqa so`zlardan (masalan, yomon so`zidan) farqlashga xizmat qiladi.
Nutqda har qanday mustaqil so`z shakli leksik ma’nodan tashqari grammatik ma’noga ega bo`ladi. masalan, ishimizdan, keltirdi so`zlaridagi ish va kel so`zlari o`z leksik ma’nosidan tashqari predmetlik va harakat ma’nolarini ifoda qiladi. Bu ularning grammatik ma’nosidir. Bu so`zlardagi –imiz, -dan, -tir, -di affikslari turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. grammatik ma’no so`zning leksik ma’nosiga orttirilgan qo`shimcha ma’nodir. So`zning grammatik ma’nolari grammatikada o`rganiladi.
Tilning mazmun jihatida so`zning asosiy ma’nosi semema termini bilan ataladi, ifoda jihatida esa leksema deb yuritiladi. Tilning ifoda va mazmun jihatlari bir-biri bilan uzviy bog`liq holatda qaraladi. So`zning ma’nosi uning bir qancha aniq ma’nolarining yig`indisidan, ya’ni sememalardan tashkil topadi. Masalan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so`zlari turli leksemalar bo`lib, «harakat qilmoq»ni ko`rsatuvchi bir sememaga birlashadi. Ammo bu so`zlarning har biri alohida semasiga ega. Semalar bir so`zning ma’nosini boshqa so`zlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Semalar narsa va hodisalarga tegishli bo`lgan tashqi va ichki belgilar yordamida aniqlanadi va ular nutq situatsiyasida oydinlashadi. ba’zan bir so`z ma’no jihatidan turlicha variantlarga ega bo`lishi mumkin. bunda so`zning o`zagi, uning morfemik tarkibi ham variantlashadi va bu leksik-semantik hamda stilistik farqlanishga olib keladi. Masalan, kurs so`zi (I-IV kurs studentlari) nazariy va amaliy kurs (dars) ma’nolarida variantlashadi va ular ba’zan alloleksemalar deb yuritiladi. Bunday so`z variantlarining ma’nolari nutq situatsiyasi bilan bog`liq bo`ladi. so`zning leksik ma’nosi doirasiga uning konnotativ (lotincha con – “birga”, notatto – “ko`rsatish”) ma’nosi, ya’ni qo`shimcha ma’nosi ham kiradi va u so`zga emotsional – ekspressiv bo`yoq va stilistik sifat beruvchi ma’noni anglatadi. Masalan, chehrasi ochiq. basharasini ko`rmay. bu gaplarda chehra va bashara so`zlari o`zlarining leksik ma’nosi (yuz, bet)dan tashqari konnotativ ma’no (ijobiy va salbiy munosabat) ham ifoda qilayapti. kalla va tabassum so`zlari ham mana shunday xususiyatga ega.

So`zlarning konnotativ ma’nolari tilshunoslikning stilistika bo`limida, aniqrog`i, leksik stilistikada o`rganiladi.





Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin