Minerallar jadvalini tuzish va mineralni o‘rganish.
Sof tug‘ma elementlar. Sulfidlar.
Ishning maqsadi : Amaliy ishimizdan maqsad minerallarni muhim diagnostik xususiyatlarini aniqlash, ularni hosil bo‘lishini va sanoatdagi amaliy ahamiyatini o‘rganish.
Nazariy asoslari: sof tug‘ma holda uchraydigkan elementlarni soni 80ga yaqin. Sof tug‘ma metallardan: oltin, kumush, mis, temir, platina, vismut, surma, margimush va boshqalar kiradi.
Minerallarni ta’riflash jadval quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Mineralni nomi.
Mineralni kimyoviy formulasi.
Mineralni singoniyasi.
Mineralni rangi.
Mineralni yaltirashi.
Mineralni ulanish tekisligi.
Mineralni qattiqligi.
Mineralni solishtirma og‘irligi.
Mineralni hosil bo‘lishi.
Mineralni amaliy ahamiyati yoki ishlatilishi.
Sof tug‘ma elementlardan oltin, olmos, oltingugurt, grafit minerallarning ta’rifini beramiz : oltin - Au, olmos - C, oltingugurt – S
Oltin - Au
Oltin insonga qadimgi zamonlarda ma’lum bo‘lgan metallarning biri-dir.
Singoniya, simmetriya ko‘rinishi. Kub; Geksaoktaedrik – ZL4, 4L63 6L2 9RS
Oltin kristallari kam topiladi, topilganlari ham doimo oktaedr, kamroq rombododekaedr va kamdan-kam kub shaklida bo‘ladi. Odatda kvars yoki ma’dani massasi orasida joylashgan noto‘g‘ri shaklli donador ko‘rinishda bo‘ladi. Tub kon ma’danlari orasidagi bo‘shliqlarda sof tug‘ma oltining kristallari bilan bir qatorda dendritsimon kristalli ham uchraydi.
Rangi - tilla sariq (kumushga boy xillari och sariq) bo‘ladi.
CHizig‘i metallga o‘xshash, sariqdir.
YAltirashi. Tipik yaltiroq metalldir.
Qattiqligi - 2,5 – 3,0.
Solishtirma og‘irligi. - 15,6 - 18,3 (sof oltinniki 19,30).
Mustahkamligi. Egiluvchan va cho‘ziluvchandir. U osonlik bilan ezilib yupqa varaqchalarga aylanadi. Ulanish tekisligi o‘ta nomukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Oltinning eng ko‘p massasi genetik jihatidan nordon magmatik jins intruzivlari bilan bog‘liq bo‘lgan tipik gidrotermal konlarda tarqalgan. U ko‘pincha kvars va sulfidlar bilan uchraydi. Oddiy kuz bilan ko‘rish mumknn bo‘lgan oltin qonuniy ravishda paydo bo‘lib, o‘zidan oldin hosil bo‘lgan minerallar yorniqlarida topilishi juda ham xarakterlidir. Sof tug‘ma oltin sulfid konlarning oksidlanish zonasida limonit, azurit, -qo‘rg‘oshin, vismut, surma va boshqa metallar oxrasi bilan qayta paydo bo‘lgan mahsulot sifatida uchraydi. Sof oltin (pirit, arsenopirit, aynama ma’danlar, xalkopirit, kamroq galenit, sfalerit), ba’zan oltin va kumush telluridlari bilan bir assotsiatsiyasida uchraydi. Oksidlanish zonasida limonit, azurit va qo‘rg‘oshin, vismut, surma va boshqa metall oxralari bilan bir assotsiatsiyasida uchraydi.
Oltingugurt – S
Nomi qadimgi olmos «svebal» so‘zidan kelib chiqqan. Oddiy uy xaroratida turg‘un bo‘lgan oltingugurtning a - modifikatsiyasini rombik oltingugurt yoki to‘g‘idan-to‘g‘ri oltingugurt deb aytiladi.
Singoniya, simmetriya ko‘rinishi, fazoviy guruxi Rombik; Rombo-dipiramidal – ZL2ZRS
Rangi - xar xil sariq, limon-sariq, asal sariq, kulrang-sariq, qo‘ng‘ir va qora (uglerodli aralashmalar borligi uchun) tuslarda bo‘ladi.
CHizig‘i deyarli bo‘lmaydi, kukuni och sariq.
YAltirashi olmosdek, singan joylari yog‘langandek.
Qattiqligi - 1-2
Solishtirma og‘irligi – 2,5 – 2,08
Mustaxkamligi - Mo‘rtdir.
Ulanish tekisligi. [001]. [110] va [111] bo‘yicha mukammal emas.
Dostları ilə paylaş: |